YURIDIK TERMINOLOGIYADA LEKSIK QATLAMLARNING QAROR TOPISHI

Gulyamova Gulnora Yakubovna

Toshkent davlat yuridik universiteti professori, filologiya fanlari nomzodi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Huquq ta’limi tizimida yuridik terminologiyani puxta o‘rganish bo‘lajak mutaxassisning professional nutqi kompetensiyasini shakllantirish va takomillashtirishda yetakchi omil hisoblanadi. Yuristlarning kasbiy faoliyatida terminlardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Soha termini kasbiy muloqotning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanar ekan, yuridik oliy ta’lim muassasalarida terminologiyani o‘qitish kelajakda yurist mutaxassislar tayyorlashning sifatiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Yuridik til leksikasi talablarini o‘zlashtirish bo‘lajak yuristlarning ijtimoiy-huquqiy faoliyatida shaxslararo muloqot ko‘nikmalari, turli yuridik vaziyatlarda professional nutqdan foydalanish malakalarini shakllantiradi va rivojlantiradi. Leksikani, xususan, terminologik tizimlarni tadqiq qilish bugungi tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biridir. So‘nggi yillarda o‘zbek leksikologiyasi va leksikografiyasining rivojlanishi hamda ilmiy-nazariy asoslarining takomillashuvi barcha fan tarmoqlari, jumladan, yurisprudensiya terminologiyasi va uning ilmiy tamoyillarini chuqur o‘rganish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Tilshunoslik tarmog‘i hisoblangan leksikologiyada tilning asosiy lug‘aviy birligi bo‘lgan leksemalar bir-biridan ajralgan holda emas, balki o‘zaro bog‘liqlikda, xilma-xil ma’noviy aloqadorlikda reallik kasb etadi. Ayni shunday holat turli-tuman leksik qatlamlarning qaror topishiga olib kelgan. Shu tufayli bunday leksik qatlamlar muayyan tartibda guruhlanadi. Mazkur maqolada o‘zbek tilining yuridik terminologik tizimidagi o‘zgarishlar, rivojlanish va shakllanish, lisoniy nominatsiyalarning semiotik jihatlari, terminologiyada tizimlilik tamoyili, yuridik terminlarni mavzuviy guruhlash, terminologiyada jins-tur bog‘lanishlar, termin hosil qilishda giperonimlik vazifasini bajaruvchi leksika xususida fikr yuritiladi. Shuningdek, lug‘aviy birlik va terminlarning o‘zaro munosabati, yurisprudensiyada umumhuquqiy tezaurus masalasi, yurisprudensiyaga oid terminologiyaning takomillashuvi, o‘zbek yuridik terminologiyasi tamoyillariga ham e’tibor qaratilgan. Xususan, o‘zbek yuridik terminologiyasida tushuncha va nominatsiya aloqalarini aniqlash, terminlararo ma’noviy xususiyatlarning turlarini tahlil qilish, bunda mavzuviy tasnif, birinchidan, real voqelikdagi predmet va hodisalar tasnifi (ekstralisoniy omil), ikkinchidan, leksemalarning giponimik munosabati (interlisoniy omil)ga tayanilgan. Yurisprudensiyaga oid lug‘atlar va qomuslarni tahlil qilish hamda ularning sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. J. Herring, G.M. Gexfenbaum, V.N. Vinokurov, A.V. Nikulenko va boshqalarning oxirgi zaruratda zararni baholashga qaratilgan fikrlari nazariy jihatdan oʻrganildi. Zararni baholash uchun jinoyat huquqi nazariyasida uchraydigan ikki xil tamoyil, yaʼni zaruriyat va mutanosiblik tamoyillari tahlil etildi. Shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi ilgʻor xorijiy davlatlarning tajribasiga murojaat etilgan holda mazkur davlatlarda mavjud sud amaliyoti materiallari tahlil qilingan. Nafaqat milliy va xorijiy olimlarning nazariy qarashlari, balki yuzdan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari oʻrganilib, yakunda xulosa qilindi. Shu bilan birga, jinoyat qonunchiligimizdagi ayni normalarni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Oxirgi zarurat normalarini takomillashtirishga qaratilgan nazariy gʻoyalarga “Quad necessitas non habet legem” va “Necessitas vincit legem” tamoyillari asos sifatida olindi.
Kalit so'zlar
termin, tizimlilik, giponim, arxisema, giperonim, tur, lug‘aviy birlik, terminologik nominatsiyalar, leksika, lug‘at, tezaurus, umumhuquqiy tezaurus, sinonimiya, birikma komponentlari, voqelik, ong, tushuncha
Iqtibos uchun
For citation: