FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISHDA PROTSESSUAL ADOLAT VA PROTSESSUAL QONUNIYLIKNING O‘ZARO TAHLILI

Habibullayev Davlatjon Yulchiboyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqarolik sud ishlarini yuritishda protsessual adolat va protsessual qonuniylik doktrinalari tahlil etilgan. Fuqarolik ishlarini toʻgʻri, oʻz vaqtida koʻrib chiqish va hal etish tushunchalari huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari asosida oʻrganilgan. BMT rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan “Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari” hamda sudlar tomonidan hal qiluv qarorlarining aniq, toʻliq, asosli, adolatli, tushunarli qilib chiqarilishida huquqiy aniqlik prinsipi tahlil etilib, bu boradagi huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari tadqiq etilgan. Shuningdek, stare decisis (bir qarorda turish) doktrinasi huquqiy aniqlik prinsipini qoʻllashda muhim hisoblanishi, ushbu doktrina gorizontal va vertikal ravishda ishlashi tahlil etilib, huquqiy aniqlik prinsipi tushunchasiga ilmiy taʼrif hamda ushbu prinsipni amalga oshirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy qilish toʻgʻrisida asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilgan. Xulosa qismida fuqarolik sud ishlarini yuritishda protsessual adolat protsessual qonuniylikdan ustun boʻlishi, oʻz navbatida, adolatli sud qarorlarini qabul qilishda sudyaning chinakam mustaqilligini taʼminlash sudga kelgan har bir shaxsning odil sudlovga boʻlgan ishonchi ortishiga olib kelishi hamda kelgusida FPKning 2-bobiga yangi prinsip sifatida “Huquqiy aniqlik prinsipi” kiritilishi boʻyicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
fuqarolik sudi, odil sudlov, sudya, protsessual adolat, protsessual qonuniylik, huquqiy aniqlik prinsipi, stare decisis (bir qarorda turish), fuqarolik protsessi, sud hal qiluv qarori, fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari.
Iqtibos uchun
For citation: