O‘ZBEKISTONDA DAVLAT XIZMATCHILARI HUQUQIY MAQOMINING AYRIM MASALALARI
Raximov Dilmurodjon G‘ulomjon o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining tayanch doktoranti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatchilari huquqiy maqomining joriy holati tahlil qilingan. Jumladan, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi bo‘yicha Respublikamiz va xorijlik olimlarning nazariya va qarashlari hamda ularning o‘zaro qiyosiy tahlili o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatchilarining huquqiy maqomini qonun bilan tartibga solishning zaruriyati olimlarning qarashlari, davlat dasturlari va davlat rahbarlarining fikrlari doirasida asoslantirilgan. Davlat xizmatchilarining huquqlari, majburiyatlari va davlat xizmatidagi cheklovlar mamlakatimiz qonunchiligi asosida tahlil qilingan. O‘zbekistonda davlat xizmati funksional jihatdan davlatning maxsus xizmati va davlat fuqarolik xizmatiga bo‘linganligi hamda ularda faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi yuridik jihatdan qay darajada tartibga solinganligi tahlil qilingan. Maqolada davlatning maxsus xizmati O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmati va huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi xizmatdan iborat ekanligi hamda ular yuridik jihatdan yetarlicha tartibga solinganligi ta’kidlangan. Davlat xizmatchilarining huquqiy maqomini ta’minlashdagi eng katta muammo davlat fuqarolik xizmati bilan bog‘liqligi va bu boradagi asosiy huquqiy muammolar o‘rganilgan. Mavzu yuzasidan Koreya Respublikasi, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlar tajribasi o‘rganilgan. Tadqiqotda mahalliy va xorijiy olimlarning nazariyalari, Respulikamiz qonunchiligi tahlili va o‘zaro nisbati hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, bir qancha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
davlat xizmatchisi, huquqiy maqom, davlat xizmati, davlat fuqarolik xizmati, maxsus xizmat, davlat xizmati tasnifi, rahbar, mansabdor shaxs, mutaxassis.
Iqtibos uchun
For citation: