INSSENIROVKA QILISH ORQALI SODIR ETILGAN JINOYATLARNI ANIQLASH VA FOSH QILISHNING AYRIM USULLARI TAVSIFI
Nurmatov Bobir Abdusattorovich
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi katta tezkor xodimi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mamlakatimizni modernizatsiya va isloh etish sharoitida huquqni muhofaza qiluvchi va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga qaratilgan. Bu davlatga bosh islohotchi rolini berish, qonun ustuvorligini taʼminlash, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, bosqichma-bosqich va asta-sekinlik bilan davom etayotgan islohotlardir. Shuningdek, bugungi kunda dastlabki surishtiruv va tergov jarayonlariga taalluqlilik bilan bogʻliq muammolar ham uchrab turibdi. Biroq olimlar va amaliyotchilar tomonidan qonunchiligimizdagi ochiq qolib ketgan muammoli vaziyatlar yoxud holatlarni aniqlash nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda, oʻrganilgan yoki tahlil qilib chiqilgan masalalar hozirgi vaqtda ham toʻliqligicha hal qilinmasdan qolib kelmoqda. Ayrim turdagi jinoyatlarni aniqlash, oldini olish yoki fosh qilish natijasida qonunchiligimizning notoʻgʻri qoʻllanish oqibatlari yuz bermoqda. Shu munosabat bilan mazkur maqolada inssenirovka qilish orqali sodir etilgan jinoyatlarni aniqlash va fosh qilishning ayrim usullari tavsifi tahlil qilindi. Tahlil yakunida inssenirovka tergov amaliyotida eʼtibor berilishi kerak boʻlgan holatlar yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar
tergov qilish, inssenirovka, tezkor-qidiruv faoliyati, jinoyat, subyekt, normativ-huquqiy hujjat, qonun, kodeks.
Iqtibos uchun
For citation: