DASTLABKI TERGOV YAKUNIDA VA SUD MUHOKAMASI BOSQICHIDA QAMOQDA SAQLASH MUDDATLARIGA RIOYA QILISH

Suyunova Dilbar Joldasbayevna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada prokuror ayblov xulosasini tasdiqlaganida va ishni sudga topshirganda shaxsni hibsga olish muddatlari masalalari tahlil qilinadi. Muallif sudgacha va sud muhokamasining muhim jihatlari, masalan, qamoqqa olish shaklida ehtiyot chorasini tanlash, bunday qamoqqa olish muddatlari, qamoqqa olish muddatlarini uzaytirish masalalarini tadqiq qilgan. Shu bilan birga, sudgacha bo’lgan bosqichda, jinoyat ishini sudga topshirishda, ishni sud muhokamasiga tayinlashda, ishni qonunda belgilangan muddatlarda ko’rib chiqishda, hibsga olishda shaxsning huquq va erkinliklari qat’iy tartibga solinishiga qaramay, ba’zida undan og‘ish kuzatiladi. Muallif sud muhokamasiga tayinlangan shaxsning qamoqqa olish muddati masalalari va inson huquqlari hamda erkinliklarini kafolatlash maqsadida sud-tergov amaliyotining dolzarb muammolarini hal qilish bo’yicha aniq amaliy choralar taklif etadi. Qonunda ishni sudga tayyorlash va sudda ko’rib chiqish paytida shaxsni hibsga olish bilan bog’liq ba’zi masalalarni hal qiluvchi normalar ko’rsatilishi kerak.
Kalit so'zlar
inson huquqlari, sud, hibsga olish uchun sanksiya, qamoq muddatini uzaytirish, prokuror, sud nazorati.
Iqtibos uchun
For citation: