QILMISHNI JINOYATGA SUIQASD SIFATIDA KVALIFIKATSIYA QILISH VA OʻXSHASH TARKIBLI JINOYATLARDAN FARQLASH MASALALARI
Kamalova Dildora Gayratovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada suiqasdning oʻziga xos turi – “xayoliy suiqasd”ning belgilari va uni kvalifikatsiya qilish masalalari tahlil qilingan. Muallif tomonidan “xayoliy suiqasd” tushunchasiga mualliflik taʼrifi ishlab chiqilgan. Shaxsning jinoiy qasdi ogʻirlashtiruvchi (kvalifikatsiyalovchi) tarkibda nazarda tutilgan oqibatlar yuz berishiga qaratilgan. Biroq qilmishda ogʻirlashtiruvchi tarkib belgilari mavjud boʻlmasdan, asosiy jinoyat tarkibining oqibatlari yuz bergan jinoyatlar “xayoliy suiqasd” sifatida tushunilishi bayon etilgan. Muallif tomonidan mazkur turdagi jinoyatlarning belgilari, oʻziga xos xususiyatlari va ularni kvalifikatsiya qilish masalasi jinoyat huquqi nazariyasi va sud amaliyoti materiallari asosida o‘rganilgan. Jumladan, ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan oʻldirishga suiqasd, homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolni qasddan oʻldirishga suiqasdni kvalifikatsiya qilishda yagona yondashuv shakllanmaganligi atroflicha tadqiq qilinib, mazkur turdagi qilmishlarni baholashda eʼtiborga olinishi kerak boʻlgan jihatlar yoritilgan. Shuningdek, ayrim oʻxshash tarkibli jinoyatlar, xususan, oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish (JKning 112-moddasi), qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish (JKning 104-moddasi)ning qasddan odam oʻldirishga suiqasd (JKning 25-, 97-moddalari)dan farqli jihatlari va kvalifikatsiya qilish qoidalari keltirilgan.
Kalit so'zlar
jinoyatga suiqasd qilish, “xayoliy suiqasd”, qasddan odam oʻldirishga suiqasd, oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish, ikki yoki undan ortiq shaxsni oʻldirishga suiqasd, homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolni oʻldirishga suiqasd, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish.
Iqtibos uchun
For citation: