AYRIM XORIJIY DAVLATLAR VA O‘ZBEKISTONDA MEDIATSIYANING QIYOSIY TAHLILI: AYRIM SAVOL VA TAKLIFLAR
Xayrullina Asal Bahodirovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada nizolarni hal etishning muqobil usuli va huquqiy madaniyatni takomillashtirish vositasi sifatida mediatsiya instituti o‘rganilgan. Nizolarni sudgacha hal etish mexanizmi, ya’ni nizo taraflarini mediator ishtirokida yarashtirishni belgilovchi mediatsiya uzoq vaqtdan beri rivojlangan xorijiy mamlakatlar amaliyotida qo‘llaniladi va nizoni muqobil hal etishning samarali usullaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Shu munosabat bilan maqolada ushbu tartib-taomilni Singapur, Germaniya, Belarus, Gruziya kabi xorijiy mamlakatlar va O‘zbekiston amaliyotida qo‘llashning qiyosiy tahlili, shuningdek, ularning bu boradagi tajribasi, mediatsiyaning afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan. Bundan tashqari, maqolada O‘zbekiston Respublikasining mediatsiya to‘g‘risidagi amaldagi qonunchiligi, uning qo‘llanilishi va samaradorligi, mediatsiya institutining bugungi kundagi holati o‘rganilgan. Mediatsiya tartib-taomilini qo‘llashni takomillashtirish bilan bog‘liq muammolar va ularni hal etish yo‘llari, masalan, taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv ijrosi ta’minlanmayotganligi, sudya-mediator ishtirokida professional asosda sud ichki mediatsiyasi tartib-taomili, shuningdek, notarial mediatsiyani amalga oshirishda taraflar o‘rtasida mediativ kelishuvga erishilganda, uning majburiy ijro etish imkoniyati uchun notarius ijro xati yozilishini joriy etish bo‘yicha takliflar berilgan.
Kalit so'zlar
mediatsiya, nizolarni hal etishning muqobil usullari, mediator, mediativ kelishuv, sud ichki mediatsiyasi, sudya-mediator, notarial mediatsiya, ijro yozuvi, ijro hujjati.
Iqtibos uchun
For citation: