O‘ZBEKISTONDA NORMA IJODKORLIGI RIVOJINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Sodikov Akmal Shavkat o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi dotsenti v. b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada milliy norma ijodkorligini axborot bilan ta’minlashni takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi norma ijodkorligi jarayonini axborot bilan ta’minlash masalasini tadqiq etish orqali bu borada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot predmetini O‘zbekiston Respublikasida norma ijodkorligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda ilmiy-nazariy konseptual yondashuvlar va huquqiy kategoriyalar tashkil etadi. Mazkur tadqiqot ishi natijasida norma ijodkorligini axborot bilan ta’minlashning istiqbolli yo‘nalishlari ishlab chiqilgan, milliy norma ijodkorligini rivojlantirish tendensiyalari taklif etilgan. Shuningdek, norma ijodkorligi sifatini oshirishda mas’ul shaxslar uchun masofaviy o‘quv treninglari tashkil etish, yuridik kadrlarni ishga qabul qilishdagi malaka mezonlarini qayta ko‘rib chiqish, norma ijodkorligi bo‘yicha axborot so‘rovlariga o‘z vaqtida javob bermaslik yoki ko‘rmasdan qoldirish uchun javobgarlik choralarini belgilash kabi masalalarga doir fikr-mulohazalar bildirilgan. Ushbu maqola natijalaridan ilmiy izlanishlar olib borish, normativ-huquqiy hujjatlarning tegishli normalarini sharhlash, milliy qonunchilikni takomillashtirish, Davlat va huquq nazariyasi, Norma ijodkorligi va Yuridik texnika o‘quv modullaridan ta’lim berish hamda mazkur modullarni ilmiy-nazariy jihatdan yanada boyitishda foydalanish mumkin
Kalit so'zlar
axborot, norma ijodkorligi, norma ijodkorligini raqamlashtirish, malaka oshirish, yuridik xizmat, normativ-huquqiy hujjatlar, axborot aylanishi.
Iqtibos uchun
For citation: