ZАMON BILАN HАMNАFАS KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLАR: DOLZАRBLIGI, АHАMIYATI VА ISTIQBOLGА YO‘NАLTIRILGАNLIGI

Odilqoriyev Hojimurod To‘xtamurodovich

professor, yuridik fanlar doktori

Тulteev Ilyas Тavasovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Maqola mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar tahlili va eʼlon qilingan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi referendumining siyosiy-huquqiy ahamiyatiga bag‘ishlangan. Unda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasining asosiy mazmun-mohiyati, muhim xususiyatlari va kiritilayotgan yangi konstitutsiyaviy qoidalar ilmiy talqin etilgan. Loyihaning bir qator moddalarini yanada mukammallashtirishga oid taklif hamda mulohazalar ilgari surilgan. Konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazish zaruriyatini asoslovchi dalillar keltirildi hamda Аsosiy qonunni yangilash zaminiga qo‘yilgan quyidagi g‘oyalar, yaʼni inson qadrini ulug‘lash; ahamiyati dunyo miqyosida eʼtirof etilayotgan xalqparvar adolatli ijtimoiy davlatni barpo etish, fuqarolarning daxlsizligi huquqi va qonuniy manfaatlarini taʼminlashning konstitutsiyaviy kafolatlarini kuchaytirish, odamlarning ish bilan taʼminlanganligi va mehnat qilishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, xususiy mulkning qonuniy muhofazasini kuchaytirish, oila institutining konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlari tashabbuskorligini rag‘batlantirish kabi normalar sharhlab berildi. Shuningdek, xalq hokimiyatchiligining real amal qilishi huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid masalalar ilmiy tahlil etildi. Bundan tashqari, fuqarolarning odil sudlov himoyasida bo‘lish, advokatura instituti xizmatidan foydalanish, shaxs aybsizligi prinsipining konstitutsiyaviy asoslarini yanada mukammallashtirish, parlament nufuzini oshirish, uning oldida hukumat va boshqa davlat organlari hisobdorligini oshirish, qonun ijodkorligi sifatini yaxshilashga taalluqli yangi qoidalarning muhimligi hamda ahamiyati qo‘shimcha dalillab berildi.
Kalit so'zlar
Konstitutsiya, konstitutsiyaviy islohotlar, inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy davlat, fuqarolar huquqlarining kafolatlari, referendum, konstitutsiyaviy-huquqiy mexanizmlar, xususiy mulk, demokratik qadriyatlar, qonunchilik tashabbusi, yuridik texnika.