DAVLAT XARIDLARI TIZIMIDA MANFAATLAR TOʻQNASHUVINING OLDINI OLISHNING TASHKILIY-HUQUQIY JIHATLARI

Maxmudov Firuz Baxtiyor oʻgʻli

Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi direktori oʻrinbosari, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada davlat fuqarolik xizmatchilarining davlat xaridlari bilan bogʻliq munosabatlaridagi manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish masalalari ilmiy-nazariy va tashkiliy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Davlat fuqarolik xizmatida davlat xaridlarini samarali amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishning ijobiy jihatlari amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarni huquqiy tartibga solishdagi ahamiyati va davlat budjeti mablagʻlaridan oqilona foydalanishning dolzarbligi nuqtayi nazaridan asoslangan. Mavzu xususiyatidan kelib chiqib, tadqiqot predmeti umumiylikdan xususiylikka tomon yondashilgan, qiyoslash, mantiqiy izchillik metodlari asosida tahlil etilgan hamda ilm-fan, xorijiy tajriba, amaliyot va huquqiy tartibotlarga murojaat etilgan. Tadqiqot natijalari doirasida davlat xaridlarida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, javobgarlik asoslarini takomillashtirish, sohani raqamlashtirish va sunʼiy intellekt imkoniyatlarini sohaga joriy etish, vakolatli davlat organlari vazifa va vakolatlarini qayta koʻrib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilingan. Tadqiqot yakuni yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan huquqiy va mavjud amaliyotdagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan tashkiliy xarakterdagi takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot yakunida davlat fuqarolik xizmatchilarining davlat xaridi bilan bogʻliq munosabatlarida korrupsion va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq risklar juda yuqori ekanligi boʻyicha xulosalar berilib, sohaga davlat nazorati zarur ekanligi ilmiy-huquqiy jihatdan isbotlab berilgan. Davlat xaridlari sohasida manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha vakolatli organlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini huquqiy jihatdan takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar
davlat fuqarolik xizmatchisi, davlat xaridlari, manfaatlar toʻqnashuvi, korrupsiya, raqobat, javobgarlik, shaxsiy manfaatdorlik.
Iqtibos uchun
For citation: