IJODKOR MUALLIFNING ISH BERUVCHI YOKI BUYURTMACHI BILAN OʻZARO MUNOSABATLARIDA MUALLIFLIK HUQUQLARI USTUVORLIGINI HUQUQIY TAʼMINLASH MASALALARI
Okyulov Omonboy
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist, yuridik fanlar doktori, professor
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada ijod erkinligi va u bilan bogʻliq ravishda ijodkor muallif huquqlarining mohiyati, fuqarolik muomalasida ularning dinamikasi tahlil etiladi. Muallif fikricha, ijod erkinligini inson huquq va erkinliklarining tarkibiy qismi sifatida konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida yanada boyitish zaruriyati mavjud. Ijod erkinligi amalga oshirilganda, har doim fan, adabiyot, sanʼat asarlari, patent huquqi obyektlari yaratiladi, intellektual mulk obyektlari vujudga keladi. Ushbu obyektlar huquqiy muhofazaga layoqatli boʻlganda, ijodkor mualliflarda mutlaq huquqlarni olishga nisbatan ustuvorlik, afzallik mavjud. Bunday imtiyoz hatto intellektual mulk obyekti uchun ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoxud buyurtmachi bilan tuzilgan fuqarolik shartnomasi asosida yaratilganda ham amal qilishi mumkin. Muallif uning xususiyatlarini tahlil etib, ularning huquqni qoʻllash va sud amaliyotida namoyon boʻlish mexanizmini shakllantirish boʻyicha oʻz takliflarini asoslab berishga harakat qiladi.
Kalit so'zlar
ijod erkinligi, ijodkor muallif, ish beruvchi, buyurtmachi, mehnat shartnomasi, ilmiy tadqiqot ishlari shartnomasi, mualliflik buyurtmasi shartnomasi, mutlaq huquqlar, ijodkor muallifning shaxsiy huquqlari, ijodkor muallifning mulkiy huquqlari.