JAMOATCHILIK NAZORATINI RAQAMLASHTIRISH: ZARURAT VA ISTIQBOLLAR

Yakubov Shuxrat Ummatalievich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Konstitutsiyavii huquq” kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishning zamonaviy yo‘nalishi va yangi g‘oyasi taklif etilgan. Bu – jamoatchilik nazoratini raqamlashtirish. Barcha sohalarda raqamlashtirish ijobiy natijaga olib kelayotgani kabi bu metod ham jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytiradi, uning ta’siri va amaliy ahamiyatini oshiradi. Hozirga qadar jamoatchilik nazoratini raqamlashtirishning ilmiy asoslari chuqur tadqiq qilinmagan. Chunki bu yangi yo‘nalish hisoblanadi. Mazkur tadqiqot ishi kuzatish, umumlashtirish, aksiomatik va qiyosiy metodlar asosida amalga oshirildi. Jamoatchilik nazoratiga oid amaliyot kuzatildi. Mavjud huquqiy asoslar va ularning amaliy ijrosi o‘rganildi. Natijada jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi ayrim muammolar, xususan, mavjud normalarning ishlamasligi va uning sabablari aniqlandi. Fuqarolar tomonidan olib boriladigan nazoratning oddiy va samarali usullari amaliyotga tatbiq etilmagan. Elektron hisobot berishning huquqiy mexanizmlari to‘liq shakllanmagan. Jamoatchilik muhokamalarini raqamli texnologiyalar orqali tashkil etish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagan. Umuman, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda real hayotiy vaziyatlar e’tiborga olinmagan. Mazkur muammolar hal etilishi uchun, albatta, jamoatchilik nazoratini raqamlashtirish kerak, degan xulosaga kelindi. Oddiy fuqarolarga qulaylik yaratilishi zarur. Davlat organi va uning mansabdor shaxsi faoliyati ustidan kuchli nazorat o‘rnatilishi shart. Bu qonun ustuvorligini ta’minlaydi. Maqolada ushbu sohadagi mavjud muammolar tahlilidan kelib chiqib taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
elektron jamoatchilik nazorati, elektron hisobot, jamoatchilik muhokamasi, raqamli texnologiyalar, jamoatchilik nazorati ob’ekti va sub’ektlari.
Iqtibos uchun
For citation: