“DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN LOYIHASINI TAKOMILLASHTIRISH MUHOKAMASI
Rahimov Dilmurodjon G‘ulomjon o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tayanch doktoranti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmati funksional jihatdan davlatning maxsus xizmati va davlat fuqarolik xizmatiga bo‘lingan. Davlatning maxsus xizmati har bir sohaga taalluqli bo‘lgan qonunlar asosida tartibga solinadi. Аmmo davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati yagona qonun bilan tartibga solinmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan 2020-yilda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, bugungi kunda mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari tomonidan muhokama qilinmoqda. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini batafsil tahlil qilish va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ilgari surish maqolaning asosiy maqsadi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomini qonun bilan tartibga solishning zaruriyati olimlarning qarashlari, davlat dasturlari va davlat rahbari fikrlariga ko‘ra asoslantirilgan. “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlari normalariga moslashtirilishi moddama-modda ko‘rib chiqilgan. Davlat xizmatini huquqiy tartibga solish bo‘yicha Rossiya, Qozog‘iston kabi mamlakatlar tajribasi o‘rganilgan. Tadqiqotda mahalliy va xorijiy olimlarning nazariyalari, respublikamiz qonunchiligi tahlili va o‘zaro nisbati hamda xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, bir qancha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Iqtibos uchun
For citation:
Kalit so'zlar
davlat xizmati, davlat fuqarolik xizmati, davlat xizmatchisi, qonun, qonun loyihasi, huquqiy maqom, maxsus xizmat, davlat xizmati tasnifi.