IJTIMOIY AHAMIYATGA MOLIK LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHDA JAMOAT FONDLARI ISHTIROKINI KENGAYTIRISHNING AYRIM HUQUQIY JIHATLARI
Narimanov Bekzod Abduvaliyevich
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot ishida Endaument fondning (Endowment fund) hozirgi kundagi oʻrni, ularning oʻziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish orqali Endaument fondlar faoliyatining mazmun-mohiyati, maqsadlari hamda bu boradagi ilgʻor xorijiy tajriba tahlil qilingan. Ushbu maqsadga erishish uchun turli ilmiy va publitsistik maqolalar, olimlar fikri hamda statistik maʼlumotlar oʻrganildi. Tadqiqot natijasida mazkur fondlarning taʼlim sohasida tutgan oʻrni, rivojlangan xorijiy davlatlar tomonidan joriy etilgan jamoat fondlarining jamiyat va davlat foydasiga qoʻshayotgan hissasi aniq statistik maʼlumotlar asosida bayon qilingan. Shuningdek, Endaument fond tashkiliy-huquqiy mexanizmining ilmiy-nazariy jihatlari, ushbu fondlarning turlari va ishlash mexanizmlari tadqiq etildi. Bundan tashqari, dunyoning ikkita yirik universitetlarining Endaument fondlari faoliyati, ularni moliyalashtirish va maqsadli sarflash tartiblari bayon qilingan. Maqoladan qonun hujjatlaridan jamoat fondini tashkil qilish, uning faoliyat koʻrsatishi, mol-mulki, rahbar organlari va tugatilishi boʻyicha alohida qoidalar ham o‘rin olgan. Shu bilan birga, jamoat fondlari bilan bogʻliq munosabatlar alohida “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi Qonun bilan tartibga solinishi yoritilgan.
Kalit so'zlar
Endaument fond, vaqf tizimi, notijorat maqsadlar, investitsiya, donor (sarmoya kirituvchi), ixtiyoriy mulkiy badallar, oʻquv va tadqiqot ishlari.