QILMISHNING JINOIYLIGINI ISTISNO QILUVCHI HOLAT SIFATIDA ZARURIY MUDOFAA VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Choriyev Anvar Kuziyevich

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani IIB xodimi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada muallif qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holat sifatida zaruriy mudofaa va uning oʻziga xos xususiyatlarini yoritgan. Muallifning qayd etishicha, shaxs, uning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlash maqsadida jinoyat qonunchiligini liberallashtirish hamda takomillashtirish jinoyat-huquqiy siyosatda ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Muallif zaruriy mudofaa institutining eng muhim xususiyatlaridan yana biri zaruriy mudofaa faqat ijtimoiy xavfli tajovuzlarga qarshi qaratilgan boʻlishi, biroq qonun chiqaruvchi jinoyat qonunida bunday tajovuz turlarini bir-biridan farqlamasligiga eʼtibor qaratadi. Shuningdek, qilmishni zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan deb baholashda birmuncha qiyinchiliklar mavjudligi yoritilgan. Bundan tashqari, zaruriy mudofaani asosli deb topishning yana bir sharti tajovuzda ijtimoiy xavfning mavjudligi ekanligi bayon qilingan. Shunga toʻxtalib, muallif tajovuz boʻlmagan hollarda tajovuzchi ham boʻlmaydi, tajovuzchining yoʻqligi esa zaruriy mudofaa huquqidan foydalanish imkoniyatini yoʻqqa chiqarishini tushuntiradi. Maqolada nafaqat jinoiy huquqbuzarliklar, balki maʼmuriy huquqbuzarliklardan mudofaa ham shaxsning zaruriy mudofaa huquqini keltirib chiqarishi asoslantirilgan. Zaruriy mudofaa shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etuvchi holat emas, balki qonunga xilof tajovuzlarda tajovuzchiga qonun yoʻl qoʻyadigan usullar orqali hujum qilib, zarar yetkazgan hollarda qilmish jinoyat sanalmaydigan holatdir. Shu jihatdan ham zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan qilmish, agar uning chegaralaridan chetga chiqilmagan boʻlsa, tajovuz qiluvchi shaxsga zarar yetkazish orqali ijtimoiy xavfli tajovuzlarga faol qarshilik koʻrsatish bilan jinoyat obyektini muhofaza qilishga ragʻbatlantirishi asoslantirilgan.
Iqtibos uchun
For citation:
Kalit so'zlar
qilmish, qilmishning jinoiyligini istisno qilish, zaruriy mudofaa, tajovuz, tajovuzchi, tajovuzning realligi, ijtimoiy xavf, shaxs, jamiyat yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari.