NIZOLI BITIMLARNING TA’RIFI VA KLASSIFIKATSIYASI
Usmonova Munisxon Yo‘ldosh qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada haqiqiy bo‘lmagan bitimlarning turlari bo‘lgan o‘z-o‘zidan haqiqiy hisoblanmaydigan va nizoli bitimlarning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek, nizoli bitimlarning turlariga to‘xtalib o‘tilgan va misollar keltirilgan. Nizoli bitimlarni tasniflash borasidagi olimlarning fikrlari tahlil qilingan. Muallif kelishmovchiliklarning asosi bo‘lgan nizoli bitimlarni quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganadi: mazmunining noqonuniyligi; uni tuzuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning bitim tuzishga haqli emasligi; erk-iroda va erk-iroda izhorining nomuvofiqligi; bitim shakliga rioya etilmaganligi. Maqolada, shuningdek, o‘z harakati ahamiyatini tushunmaydigan va ularni boshqara olmaydigan shaxslar tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish asoslari ham yoritib o‘tilgan. Normativ-huquqiy hujjatlardagi mavjud bo‘shliqlar va amaliyotdagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan asosli takliflar bildirilgan.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
bitimlarning haqiqiy emasligi, o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimlar, nizoli bitimlar, muomala layoqatidagi nuqsonlar oqibatida tuzilgan bitimlar.
For citation: