XUSUSIY BANDLIK AGENTLIKLARI MEHNAT MIGRATSIYASIGA QANDAY TA’SIR KO‘RSATADI? (DOKTRINAL QARASHLAR VA XALQARO AMALIYOT)

Musayev Bekzod Tursunbayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, y.f.f.d. (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada demografik, ekologik, jamiyatdagi ijtimoiy va umumiy huquqiy yondashuvlar doirasida migratsiyani tartibga solishda xususiy bandlik agentliklari faoliyatining oqibatlari va sabablari o‘rganilgan. So‘nggi ikki yil ichida O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga ruxsat berilishi ularning xorijga migrantlarni yuborish faoliyati yetarlicha huquqiy va iqtisodiy himoyalanmagani bilan asoslanadi. Shu bilan birga, turli mutaxassislar, malakali ishchilar va shunchaki boshqa davlatlarda o‘z baxtini izlayotgan shaxslar (o‘z taqdirini yaratuvchilar) siyosiy yoki iqtisodiy sabablarga ko‘ra o‘z vatanini tark etishdi. Ulardan ba’zilari vaqtincha pul ishlash, ba’zilari esa yangi joyda yashash uchun ketishmoqda. Bu shaxslar boshqa jamiyatda o‘z o‘rnini topishga harakat qilishmoqda. Xususiy bandlik agentliklar faoliyati va O‘zbekistondan emigratsiyasining sabablari tahlili shuni ko‘rsatadiki, aniq iqtisodiy va huquqiy chora-tadbirlar ko‘rish orqaligina O‘zbekiston o‘z fuqarolarini odam savdosi va aldovlardan himoya qilishi mumkin. Mazkur muammolarni huquqiy tartibga solish uchun O‘zbekistonning migratsiya sohasidagi qonunchiligini xalqaro talablarga moslashtirish hamda xususiy bandlik agentliklari faoliyati shaffofligini ta’minlash kerak. Muallif ushbu masalalarning huquqiy yechimini topishda asosiy yo‘nalish axborot texnologiyalari bo‘lishi zarur, degan qat’iy pozitsiyani ilgari suradi.
Kalit so'zlar
xususiy bandlik agentligi, migratsiya siyosati, vaqtinchalik bandlik agentligi, ishga joylashtirish, mehnat shartnomasi, mehnat migratsiyasi.
Iqtibos uchun
For citation: