KORRUPSIYA TUSHUNCHASI: TAHLIL VA TAKLIF

Boydedayev Sadirdin Abdusattorovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Maqolada dunyo mamlakatlari, shu jumladan Oʻzbekiston uchun eng dolzarb masalalardan biri boʻlgan korrupsiya muammolari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Korrupsiyaga oid qonunchilikdagi definitsion normalar, shu jumladan, korrupsiya tushunchasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligida belgilangan normalar mazmuni, unda aks etgan korrupsiya tushunchasining mazmunini ochib beruvchi asosiy xususiyatlar milliy va xorijiy olimlarning qarashlarini o‘zaro solishtirgan holda ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada korrupsiya tushunchasini taʼriflash bilan bog‘liq bo‘lgan ikkita asosiy yondashuv, ya’ni qonunchilikdagi (tor) va ilmiy (kengaytirilgan) yondashuvlar mazkur yondashuv vakili bo‘lgan olimlarning korrupsiya tushunchasini ta’riflashga qaratilgan ilmiy qarashlarini o‘zaro taqqoslash orqali tahlil qilingan. Maqolada o‘rganilgan ilmiy qarashlar va qonunchilik tahlili natijalari yuzasidan korrupsiya tushunchasiga nisbatan mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan hamda korrupsiya tushunchasiga xos bo‘lgan eng asosiy xususiyatlar, shu jumladan, korrupsiyaning qonunga xilof ijtimoiy-huquqiy hodisa ekanligi, harakati yoki harakatsizlik orqali sodir etilishi, mulkiy va nomulkiy manfaatlarni qonunga xilof ravishda olishni nazarda tutishi, shuningdek, mulkiy va nomulkiy manfaatlar olishi mumkin boʻlgan shaxslar doirasi kengligi – bularga mansabdor shaxsning oʻzi (bevosita yoki vositachilar orqali) hamda uchinchi shaxslar ham kirishi kabi masalalar bo‘yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
korrupsiyaga qarshi qonunchilik, korrupsiya tushunchasi, korrupsiyaviy qilmish, korrupsiya belgilari, hodisa.