BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARINING MA’LUMOTLAR MUHOFAZASIDA TUTGAN O‘RNI
To‘raqulova Nazira Abdushukur qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti Intellektual mulk huquqi kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Jahon miqyosida intellektual mulk muhofazasini ta’minlash va uning himoyalanganlik darajasini kuchaytirish iqtisodiy taraqqiyot hamda mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirishning muhim kafolatlaridan hisoblanib, blokcheyn texnologiyalari mazkur tendensiyalarni ta’minlashga qaratilgan raqamli texnologiyalardan biri hisoblanadi. Muallif tomonidan maqolada intellektual mulk huquqi obyektlarining ma’lumotlar muhofazasini samarali ta’minlashda blokcheyn texnologiyalarining o‘rni alohida o‘rganilgan bo‘lib, mazkur raqamli texnologiyalarning ahamiyati tegishincha tahlil etilgan. Bevosita intellektual mulk siyosatida intellektual mulk huquqining asosiy institutlari doirasiga kiruvchi, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning muhofazasi uchinchi shaxslar tomonidan buzilayotgani sababli maqolada mazkur institutning himoyasini ta’minlashda ushbu texnologiyaning tutgan roli haqida so‘z yuritilgan. Texnologiyaning ishlash tartibi, texnik jihatdan ahamiyati, huquq egasining mulkiy huquqlarining kafolati sifatida blokcheynning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. Milliy qonunchiligimizni takomillashtirish borasida fikrlar o‘rganilib, mazkur tadqiqotlar milliy intellektual mulk huquqi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Qolaversa, blokcheyn texnologiyasining asosiy jihatlari, ya’ni markazlashtirilmagani, raqamli ma’lumotlarning shaffof, maxfiy va ishonchli tarzda foydalanuvchilar o‘rtasida tez va qulay ma’lumotlar almashinuvi imkoni tahlil etilgan.
Kalit so'zlar
intellektual faoliyat natijasi, mualliflik huquqi, kriptohimoya, blokcheyn, anonimlik, markazlashtirilmagan reyestr, virtual elektron hisoblash mashinalari, huquq egasi.