KORRUPSIYA VA MANFAATLAR TO‘QNASHUVINING OLDINI OLISHDA KOMPLAENS NAZORAT TIZIMINING O‘RNI (DAVLAT VA XUSUSIY SEKTOR MISOLIDA)

Mahmudov Firuz Baxtiyor o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi direktori o‘rinbosari, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy davlat xizmatchilariga qo‘yiladigan talablar asosida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish bo‘yicha ijobiy yutuq va mexanizmlar xususida fikr yuritilib, ichki nazorat tizimlarini faoliyatga tatbiq etish masalalari atroflicha tahlil qilingan. Komplaens nazorat tizimi va uning imkoniyatlari, tarixiy rivojlanishi hamda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olishdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Komplaens nazorat tizimining xorijiy mamlakatlarda, xalqaro tashkilot va nodavlat muassasalarda joriy etilishiga oid ijobiy tajriba va imkoniyatlari milliy va xorijiy adabiyotlar orqali tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari tahlili orqali ularda komplaens nazorat tizimini joriy etishga oid belgilangan vazifalar, bugungi kundagi mavjud holatlar va huquqiy bo‘shliqlar davlat va xususiy sektor misolida tadqiq etilgan. Komplaens nazorat tizimini joriy etishda inobatga olinadigan tashqi omillar, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar ilmiy manbalar asosida tadqiq etilgan. Milliy va xorijiy tajriba, olimlarning ilmiy taklif va xulosalari asosida mamlakatda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olishda komplaens nazorat tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha fikrlar, taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Iqtibos uchun
For citation:
Kalit so'zlar
davlat xizmatchisi, korrupsiya, komplaens nazorat, manfaatlar to‘qnashuvi, xususiy sektor, shaxsiy manfaat, daromad va mol-mulkni deklaratsiyalash, qimmatli qog‘ozlar, davlat xususiy sherikligi.