JINOYAT ISHINI TUGATISH INSTITUTI TUSHUNCHASI
VA PROTSESSUAL AHAMIYATI
Mahmudov Sunnat Azim oʻgʻli
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi oʻqituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada sud-huquq islohotlarini amalga oshirish bosqichida jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilik normalari asosida jinoyat ishini tugatish instituti tushunchasi, uning oʻziga xos jihatlari va protsessual ahamiyati bayon etildi. Maqolada olimlar tomonidan jinoyat ishini tugatish instituti boʻyicha ilgari surilgan qarashlar orqali ushbu institutning qoʻllanish doirasi oʻrganildi. Olimlarning qarashlari va ilgari surgan gʻoyalaridan kelib chiqqan holda, jinoyat ishini tugatish tushunchasi ilmiy, nazariy, amaliy va qonunchilik normalari orqali tahlil etildi. Shu bilan birga, maqolada jinoyat ishini tugatishning jinoyat protsessida tutgan oʻrni va ahamiyati, uning oʻziga xos jihatlari, jinoyat protsessual qonunchilik va sud-tergov amaliyotida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar tahlil etildi. Maqolada olimlarning jinoyat ishini tugatish boʻyicha bergan fikrlarini qiyosiy tahlil qilish, ularning bergan taʼriflaridagi tushunchalarni qonunchiligimizga asosan koʻrib chiqish orqali jinoyat ishini tugatish tushunchasi boʻyicha mualliflik taʼrifi berildi. Tahlil natijalari yuzasidan jinoyat protsessida jinoyat ishini tugatish institutining tushunchasi, uning oʻziga xos jihatlari hamda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikdagi ahamiyati yuzasidan tegishli xulosalar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Iqtibos uchun
For citation:
Kalit so'zlar
jinoyat ishi, jinoyat ishini tugatish, javobgarlik, reabilitatsiya, javobgarlikdan ozod qilish, jinoyat ishini reabilitatsiya qilinmaydigan asoslar boʻyicha tugatish, reabilitatsiya qilinmaydigan asoslar.