Fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelishi hamda ularni himoya qilishni takomillashtirish
Imomov Nurillo Fayzullayevich
Toshkent davlat yuridik universiteti
Fuqarolik huquqi kafedrasi mudiri,
yuridik fanlar doktori, professor
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi F–5464-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasidan kelib chiqib, fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelishi hamda ularning himoya qilinishi masalalari tahlil qilingan. Unda fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelish asoslari sifatida yigʻilish qarorlarining huquqiy tabiati, yuridik fakt sifatidagi oʻrni va mohiyati xorijiy davlatlar qonunchiligi asosida o‘rganilgan hamda FKning yangi tahririga yigʻilish qarorlariga oid qoidalarni kiritish boʻyicha takliflar asoslantirilgan. Shuningdek, fuqarolik huquqlarining siyosiy huquqlardan mustaqilligiga oid qoidalar ham fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelishiga taʼsiri nuqtayi nazaridan tahlil etilgan va bu haqdagi normalarni ham yangi tahrirdagi FKga kiritish gʻoyasi ilgari surilgan. Bundan tashqari, mazkur maqolada shaxs oʻzining fuqarolik huquqlari buzilganda, tan olinmaganda yoki nizolashilayotganda, ushbu huquqlarni himoya qilishga haqliligi normasini FKga kiritish muammosi ham tahlil etilgan. Qolaversa, maqolada FKga shaxsning oʻz huquqini oʻzi himoya qilishning shartlari, mezonlari va chegaralari masalalari ham oʻrganilib, bu boradagi yangi talablarni qonunchilikda ifodalash zarurligi asoslantirilgan. Fuqarolik huquqlarini himoya qilishda boy berilgan foyda institutiga oid qoidalarni aniqlashtirish masalalari ham bugungi kunda dolzarb tusga ega va bunda ham boy berilgan foydaning mavjudligi va uning miqdorini belgilashning aniq shartlarini belgilash zarur. Shu bilan birga, fuqarolik huquqlarini himoya qilishda davlat organlari va mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zararlarni qoplashga oid qoidalarning ham bugungi kunda zamonaviy voqeliklar negizida aniq huquqiy tartibga solinishi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar
fuqarolik huquqi, majburiyat, himoya, yuridik fakt, yigʻilish qarori, siyosiy huquq, mulkiy huquq, zarar, boy berilgan foyda, shaxsning huquqini oʻzi himoya qilishi.
Iqtibos uchun
For citation: