TOVAR BELGILARINING FUQAROLIK-HUQUQIY MAQOMINI ANIQLASH MASALALARI
Babakulov Zafar Kurbonnazarovich
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar bо‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Tovar belgilarining huquqiy maqomi shaxsiylashtirish vositasi sifatida tovar ishlab chiqarishda namoyon bо‘ladi. Tovar belgisiga nisbatan egalik qiluvchining huquqiy holati ham tovar belgisi maqomini aniqlashtirishda alohida ahamiyatga ega. Aynan tovar belgisiga egalik qiluvchi tovar belgisining taqdirini belgilab beradi. Boshqa holatlarda tovar belgilarining huquqiy maqomi fuqarolik-huquqiy shartnoma munosabatlarida, tovar belgisidan insofsiz raqobat sharoitida foydalanishda о‘ziga xos tartibga solish obyektiga aylanadi. Tovar belgisi shaxsiylashtirish vositasi bо‘lganligi sababli aniq bir tovar turini uning egasiga nisbatan tegishli ekanligini belgilaydi. Lekin amaldagi tovar belgilari qonunchiligida tovar belgilari maqomi masalasi aniq-ravshan belgilab berilmagan. Ayrim qonun hujjatlari esa bir-birini inkor etadi. Tovar belgilaridan shartnomaviy munosabatlarda foydalanish shartlari va tartibini belgilashda ham huquqiy analogiyani qо‘llashning imkoni yо‘q. Maqolada tovar belgilari fuqarolik-huquqiy maqomini aniqlashtirish masalalari tegishli qonun hujjatlari asosida tahlil qilingan. Yuqoridagi masalalardan kelib chiqqan holda, amaldagi qonunchilikni takomillashtirish hamda birxillashtirish bо‘yicha taklif va xulosalar keltirilgan.
Kalit so'zlar
tovar belgisi, mutlaq huquq, domen nomi, garov, Singapur shartnomasi.
Iqtibos uchun
For citation: