TOVAR OMBORIDA OMONAT SAQLASH MUNOSABATLARINI FUQAROLIK-HUQUQIY JIHATDAN YANADA TAKOMILLASHTIRISH
G‘aybullayev Alisher Ismatovich
O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy boshqarmasi, yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i, yuridik fanlar doktori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Zamonaviy davrda tovarlarni omonat saqlash munosabatlarining mazmuni, mohiyati hamda iqtisodiy aloqalar tizimidagi o‘rni tubdan o‘zgardi, deb aytish mumkin. Asosan, shartnomadagi tomonlarning huquq va majburiyatlari doirasining kengayib borishi bevosita raqobat, talab va taklif, tashabbuskorlik hamda subyektlarga berilgan keng imkoniyatlar natijasidir. Shu bois ushbu maqolada tovar omborida omonat saqlash munosabatlarini fuqarolik-huquqiy jihatdan yanada takomillashtirish, O‘zbekiston qonunchiligiga ushbu sohada mavjud muammolar va ularning yechimi uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar kiritilishi zarurati tahlil qilingan. Tadqiqotda tarixiy va tizimli yondashuv, analiz va sintez, qiyosiy-huquqiy tahlil, normativ-huquqiy va amaliy tahlil, shuningdek, statistik ma’lumotlarni umumlashtirish hamda mantiqiy xulosalar chiqarish kabi metodlardan foydalanildi. O‘tkazilgan izlanish natijasida tovar omborlarida saqlanayotgan organik va organik-mineral o‘g‘itlar uchun saqlash joylarida ularning o‘ziga xos xususiyatlari, gigiyena qoidalari, xavfsizlik choralari, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasiga oid ma’lumotlar ko‘zga ko‘rinadigan joylarga joylashtirilishi zarurligi aniqlandi. Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 729-son qarori bilan tasdiqlangan “Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglament”ning 43-, 44- va 45-bandlari ishlab chiqilishida qo‘llandi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston sivilistikasida omonat saqlash shartnomasiga oid umumiy masalalar Fuqarolik kodeksi sharhlari va o‘quv adabiyotlari doirasida yoritilgan. Biroq O‘zbekiston milliy sivilistikasi fanida omonat saqlash shartnomasining mohiyati, uning iqtisodiy-huquqiy vazifalari, maqsadlari, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdagi o‘rni hamda omonat saqlashning yangi turlari kabi munosabatlarning huquqiy asoslarini kengroq tadqiq etishga ehtiyoj mavjud.
Kalit so'zlar
omonat saqlash, majburiyat, huquq, shartnoma, fuqarolik huquqi, omonat saqlovchi, yuk topshiruvchi, tovar ombori
Iqtibos uchun
For citation: