UNIVERSITETLAR VA ILMIY TADQIQOT MUASSASALARIGA QARASHLI INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARINI TIJORATLASHTIRISHNING HUQUQIY XUSUSIYATLARI

Toshkanov Nurbek Bahriddinovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston va bir qator xorijiy davlatlar tajribasi asosida universitetlar hamda ilmiy tadqiqot muassasalariga qarashli intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirishning huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy jihatlari tahlil qilingan. Universitet 3.0 konsepsiyasi doirasida ta’lim, ilm-fan va innovatsion faoliyatning uzviy bog‘liqligi yoritilib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, normativ-huquqiy baza, klaster va spin-off yondashuvlari orqali mavjud holatga baho berilgan. Shuningdek, texnologiyalar transferi, startaplar, patentlash va tijoratlashtirish modellari, jumladan, uchburchak modeli hamda hajm modeli muhim vosita sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Muallif milliy va xorijiy tajriba asosida intellektual mulkni boshqarish siyosatini shakllantirish, xalqaro tajribalarga asoslangan huquqiy hujjatlar ishlab chiqish zarurligini asoslab bergan. Maqolada O‘zbekistonda tadbirkorlik universitetlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy va normativ takliflar keltirilgan. Bundan tashqari, maqolada Universitet 1.0, 2.0 va 3.0 modellarining o‘zaro farqlari ochib berilgan, ularning iqtisodiy ustunlik va innovatsion rivojlanishdagi roli ta’kidlangan. Muallif, shuningdek, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishdan daromad olish mexanizmlarini tahlil qilib, ular orqali akademik mustaqillik va barqaror moliyaviy resurslarga erishish yo‘llarini taklif qilgan.
Kalit so'zlar
intellektual mulk, Universitet 3.0, texnologiyalar transferi, bilimlar transferi, spin-off kompaniya, klaster yondashuvi
Iqtibos uchun
For citation: