RIVOJLANGAN SHARQ DAVLATLARINING ELEKTRON VALYUTA MUNOSABATLARINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH JARAYONI BOSQICHLARI VA QONUNCHILIK TIZIMI
Xolmirov Begali Abdihamidovich
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada rivojlangan Sharq davlatlarining elektron valyuta munosabatlarini huquqiy tartibga solish jarayoni, bosqichlari va tartibi yoritilgan. Ma’lumki, respublikada milliy valyutani mustahkamlashda so‘mning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini taʼminlash asosiy vazifa sanaladi. Rivojlangan Sharq davlatlarining elektron valyuta tizimi ularning porloq kelajagini ham ko‘rsatib o‘tadi. Albatta, elektron valyuta tizimini rivojlantirish yo‘lida bosqichma-bosqich harakat qilish lozim. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to‘ldirish va zarur ehtiyojlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni isteʼmol tovarlari bilan to‘ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib borish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali isteʼmol tovarlari sotishning umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshirib boriladi. Ishimizning mаqsаdi hozirgi kunda mamlakatimiz va jаhоn аmаliyоtidа elektron valyuta bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar, ularning huquqiy asoslarini tahlil qilish hamda xalqaro maydondagi elektron valyuta bozori xususiyаtlаri vа rivоjlаnish istiqbоllаrini аniqlаsh; elektron valyuta bozori va u orqali to‘lov jarayonini tаkоmillаshtirish bо‘yichа tаkliflаr ishlаb chiqishdan iborat. Ishning obyektini elektron valyuta va uni huquqiy tartibga solish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Maqolada rivojlangan Sharq davlatlarining elektron valyuta munosabatlari tizimini davlatimizda joriy etish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash, xorijiy sarmoyador, tadbirkor va ishbilarmonlar bilan iqtisodiy integratsiya samaradorligini oshirish uchun o‘zimizda ham elektron valyuta munosabatlarini huquqiy tartibga solish, imtiyoz va preferensiyalar berishni takomillashtirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Mamlakatimizda elektron valyuta munosabatlari faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar
elektron valyuta, bitcoin, WebMoney, kriptovalyuta, xalqaro to‘lov tizimlari, bank tizimi.
Iqtibos uchun
For citation: