JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHNI JINOIY-HUQUQIY TARTIBGA SOLISH VA USHBU JINOYATLARGA QARSHI KURASHDA BOJXONA ORGANLARINING HUQUQNI MUHOFAZA QILISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Achilov Alisher Temirovich

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti dotsenti,
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), bojxona xizmati podpolkovnigi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan, xususan, valyuta bozorini liberallashtirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati uchun O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning jinoyat qonunchiligida javobgarlik masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu jinoyatning kriminalistik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish keng tarqalgan bo‘lib, u, asosan, latent xususiyatga ega jinoyatlardan hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ushbu jinoyatlarni sodir etish usullari doimiy ravishda o‘zgarib turadi, murakkablashadi, qonunchilikdagi bo‘shliqlar va turli xil jinoiy sxemalar qo‘llaniladi. Ushbu jinoiy faoliyat doimiy ravishda mintaqaviy, milliy va global bozorlar, shu jumladan, sotish taqiqlangan bozorlar bilan bog‘liq. Jinoiy guruhlar o‘z faoliyatini faol ravishda diversifikatsiya qilib, o‘z doirasini yaratadilar. Bu shuni anglatadiki, ularni aniqlash va fosh etish qiyin. Bundan tashqari, mazkur jinoyatga qarshi kurash bo‘yicha xorijiy tajriba va mavjud xalqaro standartlar tahlil qilindi. Shular asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashda bojxona organlarining roli hamda ushbu qilmishni jinoiy-huquqiy tartibga solish samaradorligini oshirish va bojxona organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ba’zi takliflar taqdim etiladi.
Kalit so'zlar
islohot, jinoyat, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, pul yuvish, FATF, Yevroosiyo guruhi, predikat, latent, huquqni muhofaza qilish, tezkor-qidiruv faoliyati.
Iqtibos uchun
For citation: