HUQUQIY IJTIMOIYLASHUV JAMIYAT TARAQQIYOTINING ASOSI

Mamatqulov Rashid Pazilbekovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi, falsafa fanlari nomzodi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada huquqiy ijtimoiylashuvning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, roli va ahamiyati o‘rganilgan. Demokratik yangilanishlar sharoitida ijtimoiy munosabatlarga kirib kelayotgan huquqiy qadriyatlarni yoshlar tomonidan o‘zlashtirilishida kelib chiqadigan ijobiy va salbiy oqibatlar analiz, sintez, taqqoslash va hujjatlarni tahlil qilish metodlari orqali yondashilgan. Ushbu mavzuga kompleks metodologik nuqtayi nazardan yondashilgan. Maqolada ijtimoiylashuv to‘g‘risidagi nazariya va ta’limotlar, huquqiy ijtimoiylashuv bosqichlari va darajalari, shaxs ijtimoiylashuv jarayonida adaptatsiya va interiorizatsiya bosqichlar, huquqiy ijtimoiylashuv obyekti va subyekti yoritib berishga harakat qilingan. Huquqiy ijtimoiylashuv agentlari oila, maktab, tengdoshlar va ommaviy axborot vositalari tomonidan shaxsda huquqiy ko‘nikmalarni hosil qilishga ta’sir doirasi o‘rganilgan. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs xulq-atvorida kelib chiqadigan deviant xulq-atvor normalariga maqsadli ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha nazariy ko‘rsatmalar berishga harakat qilingan.
Kalit so'zlar
jamiyat, ijtimoiylashuv, huquqiy ijtimoiylashuv, adaptatsiya, interiorizatsiya, individ, ko‘nikma, agent, tarbiya.
Iqtibos uchun
For citation: