IJTIMOIY XAVFLI QILMISH SODIR ETGAN SHAXSNI USHLASHNING ZARUR CHORALARI CHEGARASIDAN CHETGA CHIQIB QASDDAN ODAM O‘LDIRISHDA ZARAR YETKAZISH MASALASI
Hakimov Komil Baxtiyarovich
Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib qasddan odam o‘ldirishda zarar yetkazish masalasi haqidagi fikrlar tahlil etilgan. Shuningdek, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib qasddan odam o‘ldirish – sodir etilgan jinoyat xavflilik darajasiga yoki uni ushlash vaziyatiga ochiq-oydin nomutanosib ravishda odam o‘ldirish hisoblanib, bunda shaxsga nisbatan yetkazilgan zararni aniqlash muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslangan. Bundan tashqari, jinoyat huquqi nazariyasida ijtimoiy xavfli qilmishning oldini olish maqsadida zarar yetkazish asosi xususida mualliflarning fikrlari turlicha ekanligi, ya’ni olimlar jinoyat-huquqiy zarar yetkazishning asosi sifatida shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish yoki jinoyat sodir etilganligi yoxud sodir etilishi mumkin deb hisoblashlarini tahlil etgan. Biroq tezkor topshiriqni bajarish vaqtida zarar yetkazish amaliyotda tegishli xodim tomonidan qanday ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganiga, u tomondan qanday darajada zarar yetkazish mumkinligi masalasi muammoligicha qolib kelayotgani va bu, o‘z navbatida, qonunda tezkor topshiriqni bajarish vaqtida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish yoki boshqacha zarar yetkazish chorasini qo‘llash asosi va shartlariga oydinlik kiritishni talab etishi ham mazkur maqolada o‘z ifodasini topgan.
Kalit so'zlar
ijtimoiy xavfli qilmish, shaxs, ushlash, zarur choralar, chegarasidan chetga chiqib, qasd, odam o‘ldirish, zarar yetkazish, jinoyat.
Iqtibos uchun
For citation: