XORIJIY DAVLATLAR BANK TIZIMLARI VA BANKLAR KORPORATIV BOSHQARUVI HUQUQIY ASOSLARI
(AQSH, GERMANIYA VA YAPONIYA MISOLIDA)
Atajanov Xamdambek Kuromboyevich
Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Muallif tomonidan mazkur maqolada dunyoning yetakchi davlatlarining tijorat banklarida korporativ boshqaruv, uning huquqiy asoslari, tijorat banklarida korporativ boshqaruvning o‘ziga xosligi, uning ahamiyatini ochib berishga harakat qilingan. Maqolada korporativ boshqaruvga oid bo‘lgan atamalar, tushunchalar ochib berilgan, dunyoning yetakchi davlatlari tijorat banklarida korporativ boshqaruvda turli boshqaruv organlari ahamiyati, ularni tashkil etishdagi amaliyot, shuningdek ular o‘rtasidagi qiyosiy tahlil ham keltirib o‘tilgan. Maqolada tijorat banklarida korporativ boshqaruvga oid dunyoning yetakchi davlatlari bo‘lgan AQSh, Germaniya va Yaponiya tajribasi tahlil qilingan, mazkur davlatlarda tijorat banklarining boshqaruv organlari qanday shakllantirilishi, ularning korporativ boshqaruvdagi o‘rni va korporativ boshqaruvning huquqiy asoslari keltirilgan. Tijorat banklaridagi korporativ boshqaruv organlarining boshqa korporatsiyalardagi boshqaruv organlardan farqlari ochib berilgan. Korporativ boshqaruvda tan olingan uchta model (anglo-sakson, nemis va yapon modellari) asosida banklarning boshqaruv organlarini tashkil etish, ularning faoliyat olib borishi va ustunliklari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, muallif tomonidan xorijiy mamlakatlarning ushbu sohadagi tajribasini mahalliy tizimga joriy etish bo‘yicha amaliy-huquqiy tavsiyalar berilgan va muallif xulosalari bildirilgan.
Kalit so'zlar
korporatsiya, korporativ boshqaruv, tijorat banki, Bank boshqaruvi, Bank kengashi, Korporativ boshqaruv kodeksi, Markaziy bank, bank nazorati, bank auditi, Rag‘batlantirish qo‘mitasi, keyresu.
Iqtibos uchun
For citation: