BOLANING NASL-NASABINI BELGILASH

Mamaraimova Gulrux Maxmudovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha bolaning nasl-nasabini belgilash, shu jumladan, bolaning tug‘ilganligini qayd etishda uning nasl-nasabini belgilash, otalikni FHDYo tartibida belgilash, otalikni sud tartibida belgilash, bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi faktini belgilash masalalari, otalikni belgilash va otalik faktlarini belgilashning farqli jahatlari tahlil qilingan hamda bugungi kunda, bolaning nasl-nasabini belgilashda biologik otaning yuridik ota sifatida eʼtirof etilishi va etilmasligining ehtimollari o‘rganib chiqilgan. Shu bilan birga, qonunchilikdagi normalarning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida bolaning nasl-nasabini belgilashdagi muammolar o‘rganilgan hamda ularga yechimlar berilgan. Ushbu maqolada muallif tomonidan bola nasl-nasabini belgilashning muhim instituti sifatida otalikka eʼtiroz instituti tahlil qilinar ekan, mazkur institut bo‘yicha ariza beruvchilar va daʼvo muddatlari hamda otalikka eʼtiroz bildirishda biologik otaning huquqlari tahlil qilingan. Yuqoridagilar bilan bir qatorda maqolada ayolning uch yuz kun ichida bir nikohdan ajrashib boshqa bir nikohga kirishi va shu nikoh davomida farzandli bo‘lganda bolaning nasl-nasabini belgilashning ham huquqiy, ham amaliy jihatlari o‘rganilgan hamda bolaning nasl-nasabini belgilash bo‘yicha bir nechta xorijiy mamlakatlar qonunchiligi, qolaversa, bu bo‘yicha islom huquqi tarixi ham tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
bola nasl-nasabi, otalikni belgilash, otalik faktini belgilash, otalikni tan olganlik faktini belgilash, bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganlik faktini belgilash, uch yuz kun ichida yangi nikohga kirish va bola tug‘ish, tug‘ilishni qayd qilish, otalikka eʼtiroz, onalikka eʼtiroz.
Iqtibos uchun
For citation: