MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATLAR FAOLIYATINI FUQAROLIK-HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Shukrullayev Siyovush Ulug‘bek o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada amaldagi qonunchilikda MCHJ tushunchasining ta’rifi, bu xususda amaliyotda mavjud muammolar va takliflar, shuningdek, uni tashkil etgan ishtirokchilarining huquqiy maqomi va javobgarlik doirasi masalalari, bu boradagi olimlarning turli xil yondashuvlari va MCHJ faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida MCHJning fuqarolik-huquqiy maqomining ilmiy-nazariy muammolari, MCHJ tushunchasi va mohiyati, uning fuqarolik huquqi subyektlari, yuridik shaxslar va xo‘jalik jamiyatlar tizimidagi o‘rni va ahamiyati, MCHJning vujudga kelishi va qayta tashkil etilishining huquqiy asoslari va undagi muammolar tadqiq etilgan. Shuningdek, MCHJning faoliyati, MCHJ ishtirokchilari huquqiy holati, MCHJning mol-mulki va mulkiy huquqlari, MCHJning fuqarolik-huquqiy javobgarligi, MCHJ ta’sis hujjatlari va ularni rasmiylashtirilishi, MCHJning huquq va muomala layoqatining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan. Bundan tashqari, xorijiy aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlari bilan o‘zaro nisbati o‘rganilgan. Shuningdek, tadqiqotning yangiligi keng doiradagi muammolarning o‘rganilganligi hamda tadqiqot ishida MCHJ faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan va muhim amaliy ahamiyat kasb etuvchi takliflar taqdim etilgan.
Kalit so'zlar
tashkiliy-huquqiy shakl, MCHJ, ta’sis hujjati, ustav fondi, hissalar, muassis, boshqaruv organlari, fuqarolik huquqlariga ega bo‘lishi va fuqarolik majburiyatlarini zimmasiga olish.
Iqtibos uchun
For citation: