О‘ZBEKISTONDA MA’MURIY SUDNING IJRO HOKIMIYATI USTIDAN SUD NAZORATI SUBYEKTI SIFATIDAGI О‘RNI: SUDGA TAALLUQLI ISHLAR MISOLIDAGI TAHLIL

Nematov Jо‘rabek Nematilloyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga zid qaror, harakat (harakatsizligi) yuzasidan ma’muriy sudga shikoyat qilish huquqini amalga oshirishning ayrim jihatlari tahlil qilingan. Maqolada ma’muriy sudlar tizimini isloh qilishga qaratilgan qonunchilikdagi о‘zgarishlar keltirib о‘tilgan. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida ma’muriy sudlar faoliyati bir muncha takomillashtirilishiga erishilgan bо‘lsa-da, mazkur maqola doirasida tahlil qilingan ma’muriy sud ishlarini yuritishda sudga taalluqlilik masalasi hali hanuz eng bahsli va munozarali masalalardan biri bо‘lib qolmoqda. Shunga kо‘ra, maqolada sudga taalluqlilikning eng kо‘p uchraydigan huquqiy muammolari tahlil qilingan. Jumladan, maqola doirasida fuqarolik ishlari bо‘yicha sudlar va ma’muriy sudlar о‘rtasidagi, iqtisodiy sudlar va ma’muriy sudlar о‘rtasidagi, harbiy sudlar va ma’muriy sudlar о‘rtasidagi sudga taalluqli ishlarni ajratib olishning asosiy mezonlari ochib berilgan. Sud amaliyotida uchrayotgan ayrim muammoli masalalar yuzasidan ilmiy asoslantirilgan yechimlar taklif etilgan.
Kalit so'zlar
ma’muriy sudlar, sudga taalluqlilik, ma’muriy akt, ma’muriy xatti-harakat (harakatsizlik), ma’muriy tartib-taomillar, ma’muriy sud ishlarini yuritish, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlar, fuqarolik-huquqiy nizo, davlat xizmatiga oid nizolar, ma’muriy-huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarga doir ishlarni, harbiy boshqaruv organlari va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, ma’muriy-huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar, davlat ijrochisining qarori (harakatlari, harakatsizligi).
Iqtibos uchun
For citation: