AYRIM ХORIJIY MAMLAKATLAR JINOYAT QONUNLARIDA O‘ZBOSHIMCHALIK UCHUN JAVOBGARLIK

Mamajanov Abrorbek Mirabdullayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda yashayotgan har bir insonning farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoit yaratishdan iborat. Qabul qilinayotgan barcha qonunlar fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari, shaʼni, qadr-qimmati, ozodligini himoya qilishga qaratilgan. Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, inson manfaatlarini taʼminlash uchun xizmat qilishi kerak. Jinoyatchilikdek ijtimoiy salbiy hodisa esa jamiyat rivojiga, islohotlarning borishiga to‘sqinlik qiladi. Unga qarshi kurash amaldagi qonunlarga qatʼiy rioya qilinganidagina kutilgan samarani berishi mumkin. Huquqiy-demokratik davlatning vazifalaridan biri jamiyat aʼzolarining qonunlarga rioya etishlarini taʼminlash, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bu boradagi masʼuliyatini oshirish, fuqarolarni tashqaridan bo‘ladigan xavf-xatar va tazyiqlardan muhofaza qilishdan iboratdir. Mamlakatimizda sud-huquq sohasini demokratik asosda yanada isloh etish, mustahkamlash va erkinlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlarda parlamentning alohida o‘rin tutganini taʼkidlash zarur. Аna shu davrda parlament tomonidan qabul qilingan 30 ga yaqin qonunchilik hujjatlari qonun ustuvorligini taʼminlash, sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishda huquqni muhofaza qilish tizimining samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘ldi.
Kalit so'zlar
jinoyat huquqi, o‘zbochimchalik, jinoiy javobgarlik, ma’muriy javobgarlik, jazo.
Iqtibos uchun
For citation: