O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TURIZMNING HUQUQIY VA INSTITUTSIONAL TARTIBGA SOLINISHI: VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI
Usmanova Surayyo Bultakovna
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
O‘zbekistonda turizm jadal rivojlanayotgan davrda ushbu sohaning huquqiy va institutsional asoslarining tarixiy jihatlarini o‘rganish dolzarbdir. Zero, mazkur sohaning mamlakatimizda tarixiy taraqqiyotini tahlil etgan holda uning istiqbollari uchun rejalar tuzish maqsadga muvofiqdir. Shu bois, tadqiqot ishida mazkur taraqqiyot davriylashtirilgan holda keltiriladi. Xususan, maqolada bu taraqqiyot uch davrga bo‘lingan va ularning har birining huquqiy jihatlari tahlil qilingan. Muallif ushbu uch davrning o‘ziga xos xususiyatlari va muammoli masalalarini ta’kidlaydi, shuningdek, uch davr uchun qabul qilingan choralar hamda statistikaning qiyosiy-huquqiy tahlilini amalga oshiradi. Tadqiqotda, shuningdek, turizmni tartibga soluvchi xalqaro-huquqiy me’yorlarga urg‘u berilib, O‘zbekistonda turizmni xalqarolashtirish tendensiyalari ko‘rsatiladi. Xulosada, O‘zbekistonda turizm sohasining huquqiy va tashkiliy mexanizmini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
Kalit so'zlar
davr, mustaqillik, normalar, rivojlanish, turizm, O‘zbekiston.
Iqtibos uchun
For citation: