JINOYAT-HUQUQIY PRINSIPLAR: MOHIYAT, TUSHUNCHA VA BELGILAR

Toshpo‘latov Akrom Ikromovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar nomzodi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Jinoyat-huquqiy prinsiplar masalasi, unga jinoyat huquqi fanida har doim e’tibor qaratilganligiga qaramasdan, eng bahsli masalalardan bo‘lib qolmoqda. Jinoyat qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritish davom etmoqda. Shu munosabat bilan jinoyat qonunchiligini takomillashtirish va uni qo‘llash jarayonida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan obyektiv xususiyatga ega aniq ko‘rsatmalarning ahamiyati har qachongidan ham ortib bormoqda. Bu vazifa esa azaldan jinoyat-huquqiy prinsiplarga yuklatilgan. Shu bilan birga, jinoyat-huquqiy prinsiplar muammolariga bag‘ishlangan ishlarda asosiy e’tibor ularning ma’lum bir turlarini tadqiq qilish bilan cheklanib qolayotganligini ta’kidlash joiz. Huquqiy prinsiplarni o‘rganish metodologiyasiga, ularning mohiyatini tadqiq qilishga jiddiy e’tibor berilmayapti. Shu sababdan ushbu maqolada tadqiqot maqsadi sifatida quyidagilar belgilab olindi: jinoyat-huquqiy prinsiplarning mohiyatini ochib berish va o‘ziga xos belgilarini aniqlash hamda jinoyat-huquqiy prinsiplarning huquq tizimidagi o‘rnini belgilash, ularning xalqaro huquq prinsiplari bilan aloqasini o‘rganish. Ilmiy yangilik jinoyat-huquqiy prinsiplarning huquq tizimidagi o‘rnini aniqlash, jinoyat huquqi prinsipining mohiyatini oydinlashtirish, uning xususiyatlarini belgilashga nisbatan mualliflik yondashuvida ifodalanadi.
Kalit so'zlar
huquq tizimi, jinoyat huquqi, prinsip, huquqiy prinsip mohiyati, huquqiy prinsip belgilari.
Iqtibos uchun
For citation: