HAKAMLIK SUDINING HAL QILUV QARORINI YAKUNIY BOSQICH SIFATIDA IXTIYORIY IJRO ETISH
Haqberdiyev Abdumurod Abdusaidovich
Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mamlakatimizni modernizatsiya va isloh etish sharoitida huquqni muhofaza qiluvchi va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga qaratilgan. Bu davlatga bosh islohotchining rolini berish, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, bosqichma-bosqich va asta-sekinlik bilan davom etayotgan islohotlardir. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, bugungi kunda vakolatli sudlardan tashqari hakamlik sudlari tomonidan ham fuqarolik va iqtisodiy nizolar bo‘yicha bir qator ishlar ko‘rib chiqilishida turli muammolar uchrab turibdi. Mazkur maqolada hakamlik sudining hal qiluv qarorini yakuniy bosqich sifatida ixtiyoriy ijro etish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Kalit so'zlar
hakamlik sudi, hakamlik muhokamasi, vakolatli sud, hal qiluv qarori, ijro varaqasi, qonun, kodeks.
Iqtibos uchun
For citation: