KIBERSKVOTTING – TOVAR BELGILARINI NOQONUNIY O‘ZLASHTIRISHDA YANGI XAVF (ILMIY VA AMALIY TAHLIL)
Babakulov Zafar Kurbonnazarovich
yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mashhur tadbirkor, ishbilarmon, “Microsoft” kompaniyasi asoschisi Bill Geytsning “Agar Internetda sizning biznesingiz yo‘q bo‘lsa, unda biznesdagi o‘rningiz ham yo‘qdir”, deb aytgan gapi hozirgi zamon uchun mos va inkor etib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Bugungi kunda moddiy makondagi savdo munosabatlarining virtual makonga ko‘chayotganligi tijorat muomalasi ishtirokchilari uchun qulay savdo muhitini yaratmoqda. Internet tizimi rivojlanishi o‘zining ijobiy jihatlari bilan birga ayrim shaxslar uchun insofsiz faoliyat makoniga aylandi. Dunyodagi mashhur brendlar, domen nomlari o‘zlashtirilishi natijasida insofsiz raqobat yuzaga kelmoqda. Ayrim davlatlar qonunchiligida ushbu holat maxsus nom bilan kiberqaroqchilik deb atalsa, bizda insofsiz raqobat deb belgilangan. Mazkur huquqqa zid faoliyat xorijiy davlatlarda tegishli qonunchilik va sud hujjatlari bilan tartibga solingan bo‘lsa, milliy doirada uning huquqiy maqomini belgilash masalasi hali-hanuz ochiqligicha qolmoqda. Aytish mumkinki, mavjud qoidalar kiberqaroqchilikning tor doiradagi huquqiy holati va oqibatiga nisbatan moslashgan. Ya’ni tovar belgisini domen nomlarida o‘zlashtirilganlik, uning huquqiy oqibatlarini bartaraf etish, ushbu holatning oldini olishning maxsus mexanizmlari (qoida bo‘yicha texnik choralarning mavjudligi), aybli shaxsning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish, holatni kiberqaroqchilik deb topish mezonlari xorijiy davlatlar qonunchiligi va amaliyoti asosida ishlab chiqilmagan. Ushbu holatlar haqida maqolada atroflicha so‘z yuritiladi. Kiberqaroqchilik xorijiy davlatlar va milliy sud amaliyoti asosida tahlil qilinadi hamda tegishli xulosa va tavsiyalar beriladi.
Kalit so'zlar
tovar belgisi, domen nomi, kiberqaroqchilik, “UZ” domeni, insofsiz raqobat, internet.
Iqtibos uchun
For citation: