NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR HUQUQLARINI TA’MINLASHDA XORIJIY TAJRIBA VA MILLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Ismoilov Bekjon Salihovich
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda xorij tajribasi atroflicha o‘rganilgan. Bu masalada xalqaro tajribaning ahamiyati qay darajada ekanligi huquqiy jihatdan tahlil etilgan. Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning atrof-muhitga moslashishi, ularning kasbiy reabilitatsiya jarayonlari, ularni ishga joylashtirish strategiyalari xalqaro qonunchilik asoslariga muvofiq ko‘rib chiqilgan. Bizga ma’lumki, alohida ehtiyojli shaxslarni ishga joylashtirish butun dunyoda eng dolzarb ijtimoiy muammolardan biri sanaladi. Shunga ko‘ra, bu shaxslarni kasbga o‘qitish, ularning kasbiy malakalarini muntazam oshirish, bo‘sh ish o‘rinlarini davlat tomonidan nazorat qilib borish davlat ijtimoiy siyosatining muhim yo‘nalishidir. Shuningdek, maqolada mazkur masala va uning yechimlari bo‘yicha lozim darajada xulosalar chiqarish uchun soha mutaxassislarining yondashuvlariga murojaat qilingan. Ijtimoiy sohalarda xorijiy tajribalar tahlil qilinar ekan, ularning ayrim jihatlarini milliy qonunchiligimiz talablariga moslashtirish maqsadga muvofiq ekanligi ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
xorijiy tajriba, xalqaro amaliyot, xalqaro qonunchilik asoslari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar, qo‘shimcha ehtiyojli insonlar, ijtimoiy siyosat.
Iqtibos uchun
For citation: