JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISHDA XALQARO HAMKORLIK TUSHUNCHASI VA MOHIYATI

Valijonov Daler Dilshodovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi katta uqituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlikning xalqaro huquqiy asoslari tizimli tahlil qilingan. Muallif maqolada jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xalqaro hamkorligi masalasining nazariy jihatlarini yoritib berishga harakat qilgan. Shuningdek, bugungi kunda dolzarb hisoblangan xalqaro miqyosdagi “jinoiy guruh” va “jinoiy uyushma” tushunchalari mazmun-mohiyati tahlil etilgan. Muallifning xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi bo‘yicha qiyosiy tahlili maqolaning o‘ziga xos jihatlarini aks ettirishga xizmat qilgan. Bundan tashqari, tadqiqot mavzusining dolzarbligi bunday jinoyatlarning sodir etilishi zamonaviy texnik vositalar va havo, yer usti transportining yuqori texnologiyali ob’ektlaridan foydalanish, jinoiy tashkilotning yuqori darajadagi transkontinental darajasi va noqonuniy, moliyaviy manbalarni qo‘llab-quvvatlash bilan tavsiflanadi. Bunday faoliyatning keyingi istiqboli transmilliy xususiyatga ega bo‘lgan jiddiy jinoyatlar sonining sezilarli darajada oshishi bilan izohlanadi. Davlatlar o‘rtasida yetarli darajada huquqiy hamkorlikning yo‘qligi salbiy amaliyotning paydo bo‘lishi va tarqalishiga olib keladi, chunki jinoyatchilar bir davlatda jinoyat sodir etganda, odil sudlovdan bo‘yin tovlash va jinoiy javobgarlikka tortilishdan qochish maqsadida uchinchi davlatlarning chegaralarini noqonuniy kesib o‘tishadi. Bugungi kunda jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik doirasida bunday jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish va oldini olish masalasi eng dolzarb muammo hisoblanadi.
Kalit so'zlar
jinoyatchilikka qarshi kurash, xalqaro hamkorlik, xalqaro jinoyat normalari, ekstraditsiya, jinoiy guruh, jinoiy uyushma, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xalqaro standartlar tahlili.
Iqtibos uchun
For citation: