TADBIRKORLIK KODEKSI LOYIHASINING ILMIY VA KONSEPTUAL ASOSLARI
Ruzinazarov Shuhrat Nuralievich
“Biznes huquqi” kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksini qabul qilishning ahamiyati, zaruriyati, maqsadi, huquqiy tartibga solish predmeti va tadbirkorlik sohasida amaldagi maxsus qonun hujjatlari tizimli tahlil qilingan. Unda tadbirkorlik qonun hujjatlarini tizimlashtirishning ahamiyati, zaruriyati, raqamli tadbirkorlikka oid qonunchilikni shakllantirish, virtual maydondagi munosabatlarni ustuvor huquqiy tartibga solishni takomillashtirish istiqbollari tahlil etilgan. Normativ-huquqiy tizimda tadbirkorlik qonun hujjatlarining roli va o‘rniga alohida ahamiyat berilib, Prezidentning Tadbirkorlik kodeksini qabul qilish haqidagi tashabbusini ro‘yobga chiqarishda sohada aqlli huquqiy tartibga solishning maqbul qonunchilik modelini yaratishning huquqiy mexanizmlari ochib berilgan. Tadbirkorlik munosabatlarini huquqiy tartibga solishga oid kodifikatsiyalashtirish hujjatini ishlab chiqish murakkabligi sababli uning konseptual huquqiy asoslarini ishlab chiqish asosli tarzda ifoda etilgan. Amaldagi tadbirkorlik qonun hujjatlarini xatlovdan o‘tkazishning shakl va usullari, uni maqbullashtirishning tashkiliy-huquqiy yechimlari tavsiflangan. Eng muhimi, tadbirkorlik qonun hujjatlarini kodifikatsiyalashtirishning nafaqat bugungi holati, balki raqamli reallik sharoitida uni rivojlantirish tendensiyalarini inobatga olib, haqqoniy huquqiy asoslarini ifoda etib berishning ilmiy tasdiqlari bayon etilgan. Chuqur ilmiy va amaliy tahlilga asoslangan maqolada mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solishga oid normativ-huquqiy tizim umumiy tavsiflangan. Unda qonun hujjatlarini tizimlashtirishning zamonaviy tendensiyalarini inobatga olib, sohaga oid xalqaro huquqiy hujjatlar tahliliga alohida ahamiyat berilishi lozimligi tadqiq etilgani diqqatga sazovordir. Eng muhimi, Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqishda uning Fuqarolik kodeksi bilan o‘zaro nisbati qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi masala bo‘yicha ilmiy doktrinal yondashuvlar hamda mualliflik nuqtai nazarlarning har tomonlama chuqur yechimlariga oid xulosalar ishonchli dalil va isbotlar bilan ochib berilgan. Ayniqsa, xorijiy davlatlarning tadbirkorlikka oid qonun hujjatlari, jumladan, Germaniyaning raqamli biznes norma ijodkorligi tajribasidan foydalanish zaruriyati asoslantirilgan. Ushbu ilmiy maqolada tadbirkorlik sohasida uchrayotgan tizimli muammolarni tashkiliy-huquqiy hal qilishning asoslari ilk marotaba tavsiflab berilgan. Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqishdagi maqsadli-muammoli masalalarning ilmiy norma ijodkorligi tahlili va ustuvor yo‘nalishlari chuqur tahlil etilgani hamda tadbirkorlik huquqi doktrinasi nuqtai nazaridan uning g‘oyatda ahamiyatli jihatlari ochib berilganini muallifning uzoq yillik ilmiy va amaliy tadqiqoti mahsuli sifatida baholash mumkin. Shuningdek, unda ayrim xalqaro huquqiy hujjatlar mohiyati, xorijiy davlatlarning tadbirkorlik bo‘yicha ilg‘or qonunchiligi tajribasi hamda tadbirkorlik sohasidagi tizimli muammolarni tashkiliy-huquqiy hal qilishning yo‘llari yoritib berilgan. Bundan tashqari, Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqishdagi maqsadli-muammoli masalalarning ilmiy asoslari va norma ijodkorligining ustuvor yo‘nalishlari har tomonlama chuqur o‘rganilib, asoslantirilgan xulosa va takliflar ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar
milliy huquqiy tizim, tadbirkorlik qonun hujjatlari, unifikatsiya, tizimlashtirish, Tadbirkorlik kodeksi, raqamli huquq, raqamli biznes, tadbirkorlik faoliyati, raqamli fuqarolik muomalasi, huquqiy himoya, huquqiy tartibga solish predmeti, tadbirkorlik huquqiy munosabatlari.
Iqtibos uchun
For citation: