XALQARO STANDARTLAR VA ULARNING OʻZBEKISTON MOLIYAVIY TIZIMIGA INTEGRATSIYASI

Avezova Eleonora Paraxatovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi oʻqituvchisi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada global iqtisodiy oʻzgarishlar hamda integratsion jarayonlar kontekstida Oʻzbekiston Respublikasi moliyaviy tizimiga xalqaro standartlarni joriy etishning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari koʻrib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi milliy qonunchilik, moliyaviy institutlar va tartibga solish mexanizmlarini xalqaro meʼyorlar bilan uygʻunlashtirishning iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga va mamlakatning jahon moliya bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga taʼsirini kompleks ravishda aniqlashdan iborat. Mavzuning dolzarbligi xalqaro standartlarning shaffoflikni, hisobdorlikni va xorijiy investorlar ishonchini taʼminlashdagi oʻsib borayotgan roli, shuningdek, bank va moliya sektorlarining samaradorligini oshirish zarurati bilan belgilanadi. Oʻzbekiston iqtisodiyotini faol isloh qilish va liberallashtirish sharoitida milliy normativ-huquqiy baza hamda moliyaviy nazorat tizimini xalqaro talablar, ilgʻor amaliyotga muvofiqlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida qiyosiy va tizimli tahlil, normativ-huquqiy yondashuv, shuningdek, islohotlar dinamikasini baholashning statistik usullari va moliya sektori koʻrsatkichlarining miqdoriy usullari qoʻllandi. Ushbu kompleks yondashuv xalqaro standartlarni milliy amaliyotga joriy etishdagi asosiy tendensiyalar, qonuniyatlar va muammolarni aniqlash imkonini berdi. Asosiy eʼtibor Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS), bank nazorati tamoyillari (Basel III) hamda daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish (FATF) mexanizmlarini moslashtirish jarayoniga qaratilgan. Ushbu vositalarning bank tizimi barqarorligiga, korporativ boshqaruvni yaxshilash va moliyaviy oqimlarning shaffofligini oshirishga taʼsiri tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni koʻrsatadiki, xalqaro standartlarni qoʻllash investorlar ishonchini mustahkamlashga, tizimli xatarlarni kamaytirishga, moliyaviy intizomni kuchaytirish va Oʻzbekistonning jahon iqtisodiy makoniga bosqichma-bosqich integratsiyalashuviga yordam beradi. Shu bilan birga, xalqaro talablarni toʻliq amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan ayrim institutsional, metodologik va kadrlar bilan bogʻliq muammolar ham aniqlandi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati muallif tomonidan ishlab chiqilgan xulosa va tavsiyalarni moliya qonunchiligini takomillashtirishda, moliya bozorini isloh qilish strategiyalarini ishlab chiqishda, shuningdek, moliya sohasi mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish dasturlarini shakllantirishda qoʻllash imkoniyatida namoyon boʻladi.
Kalit so'zlar
moliyaviy tizim, xalqaro standartlar, uygʻunlashtirish, shaffoflik, bank nazorati, moliyaviy hisobot, iqtisodiy islohotlar
Iqtibos uchun
For citation: