XORIJIY MAMLAKATLARDA SUN’IY INTELLEKTNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH TAJRIBASI: ENG YAXSHI AMALIYOTLAR SHARHI

Xursanov Rustam Xolmuradovich

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori (DSc)

Abdalimova Darya Odilovna

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Texnologiyalarning jadal rivojlanishi va global raqamlashtirish sharoitida sun’iy intellektni huquqiy tartibga solishning xalqaro tajribasini tushunish O‘zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Xorijiy mamlakatlarda qo‘llanayotgan yondashuvlarni o‘rganish sun’iy intellektdan foydalanishning axloqiyligi, xavfsizligi va shaffofligini ta’minlashning samarali mexanizmlarini aniqlash imkonini beradi, shuningdek, zamonaviy tahdidlarga mos keladigan milliy huquqiy bazani shakllantirishga yordam beradi. Maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va mamlakatning xalqaro texnologik hamjamiyatdagi mavqeyini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston qonunchiligini global standartlarga muvofiqlashtirish uchun yo‘nalish bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan sun’iy intellekt tizimlarini huquqiy tartibga solish bo‘yicha ba’zi xorijiy mamlakatlar tajribasi taqdim etilgan.
Kalit so'zlar
sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro standartlar, xorijiy davlatlar tajribasi, milliy qonunchilik, raqamli iqtisodiyot, huquqiy tartibga solish
Iqtibos uchun
For citation: