YANGI O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING HUQUQIY JIHATLARI VA MUAMMOLARI

G‘afurova Nozimaxon Eldarovna

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti professori v.b., yuridik fanlar doktori

Saidov Olim Choriqulovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqola Yangi Oʻzbekistonning shakllanishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning huquqiy jihatlari va muammolarini har tomonlama oʻrganishga bagʻishlangan. “Oziq-ovqat xavfsizligi” tushunchasi tahlil qilinib, uning mohiyati xalqaro standartlar va yondashuvlar nuqtayi nazaridan ochib berildi. Tadqiqot shuni koʻrsatadiki, oziq-ovqat xavfsizligi oʻziga xos sharoit va rivojlanish xususiyatlariga ega boʻlib, u miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari tizimi bilan belgilanadi. Aniqlanishicha, Yangi Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash davlatning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, milliy siyosatning ustuvor yo‘nalishi sifatida qaraladi va milliy manfaatlar sohasiga kiradi. Maqolada oziq-ovqat xavfsizligi zamonaviy global muammolardan biri ekanligi ta’kidlanadi. Unda oziq-ovqat xavfsizligi darajasi nafaqat muayyan hududning ekologik holatiga, balki davlatlarning atrof-muhit, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy siyosatiga ham bog‘liq ekani ko‘rsatilgan. Muhim jihatlardan biri shundaki, davlat o‘z aholisini ichki ishlab chiqarish hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari bilan bilan to‘liq ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘radi. Maqolada, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik normalari va amaliy chora-tadbirlar samaradorligi tahlil qilindi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan statistik va tahliliy ma’lumotlar o‘rganilib, ular asosida Yangi Oʻzbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi yutuqlari aniqlandi. Tadqiqot natijasida qonunchilikdagi tizimli kamchiliklar va bo‘shliqlar aniqlanib, ularni bartaraf etish zarurligi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, muallif “oziq-ovqat xavfsizligi” tushunchasining yangi ta’rifini taklif qilgan.
Kalit so'zlar
oziq-ovqat xavfsizligi, davlat siyosatining ustuvorligi, global muammolar, Barqaror rivojlanish maqsadlari, ekologik siyosat, agrar siyosat, aholi salomatligi va genofondi, davlat ekologik ekspertizasi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Oziq-ovqat xavfsizligi indeksi
Iqtibos uchun
For citation: