APELLYATSIYA VA KASSATSIYA: USHBU YUQORI INSTANSIYALARNING SUD TIZIMIDAGI OʻRNI

Sadriddinova Latofat Husniddin qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida oʻz ifodasini topgan hukmlarning, ajrimlarning va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi hamda adolatliligini tekshirishning umumiy shartlari koʻrib chiqilgan. Shuningdek, birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) hamda sud qarori va ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) tartiblariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning jinoyat-protsessual huquq nazariyasi va amaliyotidagi ahamiyati hamda jinoiy odil sudlov faoliyatidagi oʻrni haqida nazariy qoidalar, tushunchalar va fikr-mulohazalar oʻrin olgan. Shu bilan birga, fuqarolik sud hujjatlarini qayta koʻrish instansiyalarining oʻzaro munosabati va ushbu tartib-taomillarning qiyosiy tahlili ham keltirilgan. Jinoyat-protsessual qonunchilikning yangi normalari nuqtayi nazaridan mazkur ilmiy ishda jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrib chiqish institutlari – apellyatsiya va kassatsiyaning zamonaviy huquqiy asoslari, shuningdek, sud qarorlarini bekor qilish yoki oʻzgartirish asoslari bayon qilingan. Mavzuning dolzarbligini ochib berish maqsadida muallif jinoyat-protsessual huquq fani va sohasiga oid qator oʻquv va ilmiy adabiyotlarda keltirilgan protsessualist olimlarning fikr-mulohazalariga, oxirgi yillarda yuzaga kelgan holatlar – sud hujjatlarini qayta koʻrib chiqish zarurati, sud amaliyotidagi sudyalarning vakolatlari va yuklamalari tahliliga alohida eʼtibor qaratgan.
Kalit so'zlar
sud qarorlarini qayta koʻrib chiqish, apellyatsiya instansiysi, kassatsiya instansiyasi, oʻxshash va farqli jihatlari, protsessual qarorlarning turlari va mohiyati, fuqarolik sud ishlarini yuritish, jinoyat sud ishlarini yuritish, hukm, ajrim, qaror
Iqtibos uchun
For citation: