ULUSHDORLAR ULUSH KIRITISH ASOSIDAGI QURILISH SHARTNOMASINING ZAIF TARAFI SIFATIDA
G‘afforov Mehrangiz Shavkatovich
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqola ulushdorni turar joylarni ulush kiritish asosida qurish shartnomasining zaif tarafi sifatida tan olish va uni himoya qilishning huquqiy mexanizmlari tahliliga bag‘ishlangan. Tadqiqotning obyekti quruvchi va ulushdor o‘rtasida vujudga keladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar, predmeti esa shartnomaviy tengsizlik sharoitida ulushdor manfaatlarini huquqiy ta’minlash usullari hisoblanadi. Ushbu tadqiqot doirasida mahalliy va xorijiy yuristlarning ulushli uy-joy qurilishi ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilish masalasiga oid huquqiy normalari va nazariy qarashlaridan foydalanildi. Shuningdek, qiyosiy-huquqiy usul, tahlil va sintez, kuzatish, umumlashtirish, induksiya va deduksiya usullari qoʻllandi. Tadqiqotda ulushli qurilish ishtirokchilarining shartnomaviy zaiflik belgilari: shartnoma tuzishdan yuqori manfaatdorlik, axborot asimmetriyasi, cheklangan muzokara imkoniyatlari, ko‘p xonadonli uylarni qurish masalalarida ulushdorning kasbiy bilimlarni yo‘qligi ta’kidlangan. Tadqiqotning yangiligi quruvchilarning suiiste’molliklarini bartaraf etish va ulushdorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan aniq qonunchilik o‘zgarishlarini taklif etishdan iborat. Xususan, muallif ulushdorlarni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq himoya qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarga tenglashtirish, ulushli qurilish shartnomalarining barcha uchun ochiq bo‘lgan reyestrini joriy etish, shuningdek, ulushdorlarning qurilayotgan uy-joy va yer uchastkalariga bo‘lgan garov huquqlarini belgilashni taklif etadi.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
shartnomaning zaif tarafi, turar joylarni ulush kiritish asosida qurish, ulushdor, quruvchi, eskrou-hisob raqami, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qurilayotgan uy-joy garovi, shartnomaning adolatsiz shartlari
For citation: