CHET EL FUQAROLARI BILAN NIKOHNI QAYD ETISH MASALALARI VA BU BORADAGI XALQARO QONUNCHILIK ASOSLARI

Abdullayeva Risolat Sunnatovna

Qarshi tuman Adliya boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy munosabatlarning murakkablashuvi munosabati bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Nikoh – inson jamiyati asosiy institutlaridan biri boʻlib, turli davlatlarning fuqarolari oʻrtasidagi nikohlarni qayd etish muammosi xalqaro huquqning dolzarb masalalaridan biridir. Bular bir qator havola etilayotgan obyektiv xarakterdagi sabablar bilan chambarchas bogʻliq. Mazkur maqolada xalqaro huquqiy meʼyorlar, milliy qonunchilik tizimidagi farqlar, nikohning huquqiy oqibatlari hamda xorijiy davlatlarning tajribasi yoritiladi. Globalizatsiya jarayonlari natijasida turli millat vakillarining oilaviy munosabatlarga kirishishlari ortib borayotgan hozirgi davrda ushbu masala yanada dolzarb tus olmoqda. Shuning uchun maqolada xalqaro shartnomalar, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartibi hamda turli mamlakatlar qonunchiliklaridagi umumiy va oʻziga xos jihatlar atroflicha koʻrib chiqiladi. Nikohning yuridik ahamiyati, huquqiy kafolatlari va xalqaro normalarga muvofiqligi nuqtayi nazaridan chuqur tahlil qilingan ushbu tadqiqot mavzuga oid ilmiy yondashuvlarni kengaytirishga xizmat qiladi. Bunday holatlarda xorijiy (xalqaro) element ishtirokidagi xilma-xil munosabatlarda qator tafovutlar yuzaga keladi, bular nikohning tuzilishida, nikohning tugatilishida, nikohning haqiqiy emas deb topilishida, er-xotin oʻrtasidagi shaxsiy-nomulkiy va mulkiy munosabatlarda, ota-ona va farzandlar oʻrtasida yuzaga keladigan mulkiy munosabatlarda va boshqalarda namoyon boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksida qonun chiqaruvchi kollizion bogʻlanishlarni tanlashda, birinchi navbatda, munosabatlardan maʼlum turining u yoki bu davlat bilan, shu jumladan, xorijiy davlat bilan koʻproq yoki kamroq uzviy aloqasini eʼtiborga olgan. Sud qonuniga bogʻliqlikdan foydalanish doirasi sezilarli darajada toraytirilgan. Bundan tashqari, nikoh tuzayotgan tomonlarning huquq va majburiyatlari xorijiy qonun hujjatlarida ham o‘z aksini topganligi ifodalangan.
Kalit so'zlar
xorijiy element ishtirokidagi munosabatlar, transchegaraviy nizolar, poligamiya, monogamiya, toʻqnashuvchi normalar, hududiylik, shaxsiy qonun, “oqsoq nikoh”, nikoh tuzilgan joy, konsullik nikohlari
Iqtibos uchun
For citation: