JINOYAT ISHINI SUDDА KO‘RISH UCHUN TАYYORLАSH BOSQICHIDА PROTSESSUАL XАTOLАRNI BАRTАRАF QILISH IMKONIYATLАRI

Mamadaliyev O‘tkir Аbdug‘affarovich

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada ishni sudga qadar yuritish bosqichida yo‘l qo‘yiladigan protsessual xatolarni sud muhokamasida bartaraf qilish bilan bog‘liq muammolar ilmiy jihatdan tahlil qilingan bo‘lib, jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayyorlash bosqichi ishni sudga qadar yuritish bosqichida yo‘l qo‘yilgan protsessual xatolarni bartaraf qilish nuqtayi nazaridan muhim bosqich hisoblanishi muhokama qilingan. Shuningdek, ishni sudga qadar yuritish bosqichida yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida bartaraf qilish muhim ahamiyatga egaligiga qaramasdan, xatolarni bartaraf qilishning protsessual tartibi qonunchilikda belgilanmagani, sudyaning mazkur bosqichda o‘z tashabbusi bilan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazish to‘g‘risida ajrim qabul qilishi va ishni prokurorga yuborish vakolatiga ega ekanligi, protsessual xatolarni o‘z vaqtida, ya’ni jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayyorlash bosqichida aniqlash va mazkur xatolarni bartaraf etish yuzasidan o‘zining vakolatlarini to‘liq amalga oshirishni suddan talab qilishi mumkinligi holatlari tahlil qilingan. Xususan, maqolada sud dastlabki eshituv bosqichining sud muhokamasi jarayonini yengillashtirishga, shaxsga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirishga, umuman, protsessual muddatning qisqarishi hisobiga ishni oqilona muddatlarda ko‘rib chiqilishiga ta’sir qilishi o‘rganilgan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shu bilan birga, mazkur bosqichda ishni prokurorga qaytarmasdan, aniqlangan xatoni bartaraf qilishning samarali protsessual mexanizmlarini joriy qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalar berilgan. J. Herring, G.M. Gexfenbaum, V.N. Vinokurov, A.V. Nikulenko va boshqalarning oxirgi zaruratda zararni baholashga qaratilgan fikrlari nazariy jihatdan oʻrganildi. Zararni baholash uchun jinoyat huquqi nazariyasida uchraydigan ikki xil tamoyil, yaʼni zaruriyat va mutanosiblik tamoyillari tahlil etildi. Shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi ilgʻor xorijiy davlatlarning tajribasiga murojaat etilgan holda mazkur davlatlarda mavjud sud amaliyoti materiallari tahlil qilingan. Nafaqat milliy va xorijiy olimlarning nazariy qarashlari, balki yuzdan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari oʻrganilib, yakunda xulosa qilindi. Shu bilan birga, jinoyat qonunchiligimizdagi ayni normalarni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Oxirgi zarurat normalarini takomillashtirishga qaratilgan nazariy gʻoyalarga “Quad necessitas non habet legem” va “Necessitas vincit legem” tamoyillari asos sifatida olindi.
Kalit so'zlar
sud, sudning faoliyati, xatolarni bartaraf qilish, protsessual hujjat, qonuniylik, prokuror, oqilona muddat, dastlabki eshituv
Iqtibos uchun
For citation: