RAQAMLI OBYEKTLARNING VORISLIK VA ER-XOTIN MULKIY HUQUQIY MUNOSABATLARI PREDMETI SIFATIDAGI HUQUQIY REJIMI: KVALIFIKATSIYA VA BO‘LISH MUAMMOLARI
Shaimardanova Dilafruz Dilmuratovna
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada raqamli obyektlarning vorislik va er-xotin mulkiy huquqiy munosabatlari predmeti sifatidagi huquqiy rejimini aniqlash muammolari tadqiq etiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro tajribalarning tizimli tahlili asosida, qiyosiy-huquqiy va rasmiy-yuridik usullarni qo‘llagan holda raqamli obyektlarning meros ulushi va er-xotin mulki tarkibiga kiritishda murakkabliklar yaratuvchi o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi. Raqamli obyektlarning ikkiyoqlama tabiatiga alohida e’tibor qaratildi: mulkiy qiymatga ega bo‘lsa-da, ular ko‘pincha mulk huquqi emas, balki foydalanish huquqi rejimida mavjud bo‘ladi. Ko‘pgina raqamli aktivlarning qiymati huquq egasining shaxsi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlandi, bu meros qoldirish va er-xotinlar o‘rtasida taqsimlashda maxsus yondashuvlarni talab qiladi. Shunga ko‘ra, ularni mulk sifatida ko‘rib chiqishda kompleks yondashish zarur. Tadqiqot natijasida nikoh shartnomasi va vasiyatnomaga raqamli obyektlar to‘g‘risidagi qoidalarni kiritish bo‘yicha tavsiyalar, jumladan, daromadlarni hisobga olish va taqsimlash mexanizmlari ishlab chiqildi. Qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha raqamli obyektlarning huquqiy maqomini, meros mezonlari va er-xotinlar o‘rtasida taqsimlash tamoyillarini aniqlash qismida takliflar ishlab chiqildi. Vorislik va nikoh-oila munosabatlarida raqamli obyektlarni maxsus huquqiy tartibga solish zarurati asoslandi.
Kalit so'zlar
raqamli obyektlar, er-xotin mulki, nikoh shartnomasi, mol-mulkni bo‘lish, raqamli aktivlar, foydalanish huquqi, monetizatsiya qilinadigan akkauntlar, mulkiy huquqlar, nomulkiy huquqlar, oila huquqi
Iqtibos uchun
For citation: