INSOFSIZLIK FUQAROLIK-HUQUQIY KATEGORIYA SIFATIDA

Xosilov Erkin Dilmurotovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada insoflilik va insofsizlikning fuqarolik-huquqiy kategoriyalari sifatida paydo boʼlish tarixiga oid masalalar, ularning dolzarbligi, tadbirkorlik subyektlari sonining ko‘payishi va ular kirishadigan ziddiyatli huquqiy munosabatlar sababli amaldagi qonunchilikda qo‘llanishi, shuningdek, huquqiy oqibatlari tadqiq etilgan. Xususan, mazkur fuqarolik-huquqiy kategoriya mohiyati uning fuqarolik va milliy qonunchilikning boshqa turlari normalarida qo‘llanishini o‘rganish orqali ochib berildi. Turli olimlarning insoflilik va insofsizlikning fuqarolik-huquqiy kategoriyalarini belgilash borasidagi qarashlari o‘rganilib, tanqidiy tahlil qilindi, insofsizlikning turlari tasniflandi. Insofsizlikning fuqarolik-huquqiy kategoriyasiga oid muallif nuqtayi nazari nazariy qarashlar, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish asosida berilgan. Tadqiqot davomida ilmiy bilishning tarixiy, tizimli, qiyosiy-huquqiy, tahliliy, mantiqiy-huquqiy va boshqa umumilmiy hamda maxsus usullaridan foydalanildi, xorijiy, milliy ilmiy-nazariy qarashlar, sud hamda huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganildi. Pirovardida tadqiqotning asosiy natijalari – olimlarning o‘rganilayotgan fuqarolik-huquqiy kategoriyani tavsiflashga oid yondashuvlari va qarashlarini tizimlashtirish, insofsizlik turlarini tasniflash, muallifning ushbu toifaga ta’rifi bo‘yicha xulosalar berildi.
Kalit so'zlar
insofsizlik, fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari, shaxs huquqlari himoyasi, insofsizlik turlari, insoflilik.
Iqtibos uchun
For citation: